UY SHAROITIDA TISH YUVISH VOSITALARINI TAYYORLASH

Share

Toothpast WHITE CLAY shutterstock_128052665Tish buzilishini to’htatishning iloji bor. Buning uchun birinchi navbatda oziqlanishni tuzatish kerak. Keyingi navbatda og’iz gigiyenasi turadi. Ushbu maqolada keltirilgan tish pasta retseptlari tishlarni mustahkamlashga yordam beradi, ammo eng asosiy urg’u oziqlanishda bo’lishi muhim.

Tish salomatligi uchun qanday oziqlanish kerakligi haqida ushbu maqolada o’qing: Tish salomatligi uchun qanday oziqlanish lozim?

Xarid qilayotgan tish yuvish pastangiz tarkibini bilasizmi? Tish pastasi har kuni ishlatiladigan mahsulot bo’lgani sababli, uning tarkibini yaxshilab ko’zdan kechirib, keyin ishlatish maqsadga muvofiq. Tish pastalariga qo’shilishi mumkin bo’gan zararli moddalar haqida ushbu maqolada o’qishingiz mumkin: “Ishlatayotgan tish pastangiz havfsizmi?”

Tish yuvish vositalarini tayyorlashda turli massaliqlardan foydalansangiz bo’ladi. Quyida ularni ko’rib chiqamiz.

Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.

Dengiz tuzi rafinadlanmagan holida 82dan ortiq minerallarni o’zida jamlaydi va tish pastasida ishlatilganida tishlarni remineralizatsiya qilishda yordam beradi. Shu bilan birga dengiz tuzi tishlarni oqartirib, umumiy og’iz bo’shlig’i sog’lig’ini yaxshilaydi.

Bentonit loyi minerallarga boy loy turi hisoblanib, tish pastasida ishlatilganida tishlarni mustahkamlaydi va og’izdan toksinlarni o’ziga tortib oladi. Ammo shuni esda tutish kerakki, bentonit loyi bilan ishlanganda po’latdan boshqa hech qanday metal idish yoki uskuna ishlatilmasligi kerak. Shisha, po’lat, chinni, silikon idish va uskunalar ishlatilsa bo’ladi.

Kokos yog’i antibakterial yog’ bo’lib, milk yallig’lanishlarini tuzatadi va tishlarning umumiy sog’lig’ini yaxshilaydi.

Kaltsiy upasi tishlarni mustahkamlaydi. Kaltsiy (kaltsiy karbonat yoki boshqa) tabletkasi kofe maydalagichda upa holiga keltirilib ushbu pasta tarkibida ishlatilsa ham bo’ladi.

Stevia giyoh turi bo’lib, shirin mazaga ega. Tish pastasida shirinlashtiruvchi vazifasini o’taydi. Uning o’rniga biroz xom isitilmagan (va shakar qo’shilmagan) tabiiy asal ishlatilsa bo’ladi. Tish pastasi tarkibiga qo’shilgan tabiiy asal tishni buzmaydi. Asosiysi asalning tabiiyligiga ishonch hosil qiling. Eslatma: asal ham me’yordan ortiq ko’p iste’mol qilinsa tishni buzishi mumkin. Rafinadlangan shakarning esa oz miqdori ham tishni buzadi.

Xylitol tishlarni mustahkamlashda yordam beruvchi shirinlashtiruvchi modda hisoblanadi. Uning o’rniga biroz xom isitilmagan (va shakar qo’shilmagan) tabiiy asal ishlatilsa bo’ladi.

Yalpiz qo’shilganida tish pastasi yalpizli mazaga ega bo’ladi. Yalpiz upasini tayyorlash uchun yalpizning quritilgan barglarini kofe maydalagichda yoki havonchada upa holiga keltirsangiz bo’ladi.

Efir yog’lari tish pastasiga yoqimli maza va hid berib, tish pastasining shifobaxsh hususiyatlarini oshiradi. Efir yog’lari o’rniga tabiiy giyohlarning quritilib upa holiga keltirilgani ishlatilsa bo’ladi.

Tish pastasini saqlash uchun tanlagan idishingiz shisha, chinni yoki sifatli silikon bo’lgani yaxshi. Efir yog’lari qo’shilgan aralashmalar plastik idishda saqlanishi mumkin emas, bunday qilinsa plastikdagi zararli moddalar aralashmaga ham qo’shilib, aralashmani toksik holatga keltirishi mumkin.

Tish pastasini namlangan tish chetkasiga qo’yishda alohida kichik qoshiqcha yoki tayoqchadan foydalanish tavsiya qilinadi.

Endi retseptlarga navbat. Retseptlarni ko’rish uchun siz istagan retsept linki ustiga bosing. Yangi retseptlar doim qo’shib boriladi.

  1. DOLCHIN VA QALAMPIRMUNCHOQLI TISH UPASI
  2. KARIYESNI TO’HTATUVCHI va TISHLARNI MUSTAHKAMLOVCHI TISH YUVISH UPASI
  3. TISH MUSTAHKAMLOVCHI LOYLI TISH PASTA 
  4. APELSINLI BOLALAR TISH PASTASI
  5. YALPIZLI TISH MUSTAHKAMLOVCHI TISH YUVISH PASTASI
  6. YALPIZLI VA OSH SODALI TISH YUVISH PASTASI
  7. QALAMPIRMUNCHOQLI TISH PASTASI
Manba(lar):
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *