TISH MUSTAHKAMLOVCHI LOYLI TISH PASTA

Share

il_570xN.599872216_gki8 (1)

Uy sharoitida tayyorlanuvchi ushbu tish pastasi tishlarni mustahkamlaydi, tozalaydi va milklarni sog’lomlashtiradi.

Tish pastasida ishlatiluvchi massaliqlarning umumiy hususiyatlarini quyida ko’rib chiqamiz.

Bentonit loyi minerallarga boy loy turi hisoblanib, tish pastasida ishlatilganida tishlarni mustahkamlaydi va og’izdan toksinlarni o’ziga tortib oladi. Ammo shuni esda tutish kerakki, bentonit loyi bilan ishlanganda po’latdan boshqa hech qanday metal idish yoki uskuna ishlatilmasligi kerak. Shisha, po’lat, chinni, silikon idish va uskunalar ishlatilsa bo’ladi.

Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.

Kokos yog’i antibakterial yog’ bo’lib, milk yallig’lanishlarini tuzatadi va tishlarning umumiy sog’lig’ini yaxshilaydi.

Kaltsiy upasi tishlarni mustahkamlaydi. Kaltsiy (kaltsiy karbonat yoki boshqa) tabletkasi kofe maydalagichda upa holiga keltirilib ushbu pasta tarkibida ishlatilsa ham bo’ladi.

Stevia giyoh turi bo’lib, shirin mazaga ega. Tish pastasida shirinlashtiruvchi vazifasini o’taydi. Uning o’rniga biroz xom isitilmagan (va shakar qo’shilmagan) tabiiy asal ishlatilsa bo’ladi. Tish pastasi tarkibiga qo’shilgan tabiiy asal tishni buzmaydi. Asosiysi asalning tabiiyligiga ishonch hosil qiling. Eslatma: asal ham me’yordan ortiq ko’p iste’mol qilinsa tishni buzishi mumkin. Rafinadlangan shakarning esa oz miqdori ham tishni buzadi.

Efir yog’lari tish pastasiga yoqimli maza va hid berib, tish pastasining shifobaxsh hususiyatlarini oshiradi. Efir yog’lari o’rniga tabiiy giyohlarning quritilib upa holiga keltirilgani ishlatilsa bo’ladi.

Tish pastasini saqlash uchun tanlagan idishingiz shisha, chinni yoki sifatli silikon bo’lgani yaxshi. Efir yog’lari qo’shilgan aralashmalar plastik idishda saqlanishi mumkin emas, bunday qilinsa plastikdagi zararli moddalar aralashmaga ham qo’shilib, aralashmani toksik holatga keltirishi mumkin.

Tish pastasini namlangan tish chetkasiga qo’yishda alohida kichik qoshiqcha yoki tayoqchadan foydalanish tavsiya qilinadi.

Endi navbat retseptga.

Tish mustahkamlovchi Loyli Tish Pasta Retsepti

Massaliqlar:
  • 1/2 stakan Suv (filtrlangan yoki distillangan)
  • 3 osh qoshiq Kokos yog’i
  • 2 osh qoshiq Kaltsiy karbonat upasi (Calcium Carbonate)
  • 1/4 choy qoshiq Dengiz tuzi (mayda rafinadlanmagan)
  • 1/4 choy qoshiq Osh Sodasi (sodium bicarbonate)
  • 5-10 tomchi dolchin efir yog’i
  • 15-20 tomchi yalpiz efir yog’i
  • Stevia quritilgan giyohi – ta’bga ko’ra (shirin maza uchun)
  • 10 tomchi suyuq Mikroelementlar (solmasa ham bo’ladi)
  • 1/4 stakan Bentonit loyi (gilvata)
  • Muhim eslatma: Bentonit loyi (gilvata) va shunga o’xshash shifobaxsh loylar metal uskunalar bilan aralashtirilmasligi, metal idishlarga solinmasligi kerak. Aks holda, bu loyning foydali hususiyatlari keskin kamayadi. Chinni, shisha idishlar va yog’och, po’lat qoshiqlar ishlatilsa bo’ladi. Alyumin, xrom va boshqa metal uskunalar mumkin emas.

Tayyorlanishi:

  1. Bentonit loyidan boshqa barcha massaliqlarni blenderda bir hil massa holiga kelguncha aralashtiring. Bu massani shisha yoki chinni idishga quying.
  2. Bentonit loyini qo’shib, qoshiq yoki vilka bilan yaxshilab aralashtiring. Agar blender pichog’i po’latdan bo’lsa, barcha massaliqni birga blenderda aralashtirsa bo’ladi.
  3. Hosil bo’lgan aralashma yopiq shisha yoki silikon idishda saqlanadi.

Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

3
Leave a Reply

avatar
2 Comment threads
1 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
2 Comment authors
Feruzabegimaziza Recent comment authors
  Subscribe  
Notify of
trackback

[…] #1 TISH MUSTAHKAMLOVCHI LOYLI TISH PASTA  […]

aziza
Guest
aziza

Assalomu alaykum, uy sharoitida tish pasta tayyorlashni aytibsiz buning uchun bentonit loyi kerak debsiz, bu loyni qayerdan topsam buladi. sizga katta rahmat bu saytdan man. juda kop foydali narsalarni urganyapman