Uy sharoitida tayyorlanuvchi ushbu tish pastasini tayyorlash juda oson. Bizga osh sodasi, quritilgan yalpiz, tuz va suv kerak bo’ladi.
Tish pastasida ishlatiluvchi massaliqlarning umumiy hususiyatlarini quyida ko’rib chiqamiz.
Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.
Yalpiz qo’shilganida tish pastasi yalpizli mazaga ega bo’ladi. Yalpiz upasini tayyorlash uchun yalpizning quritilgan barglarini kofe maydalagichda yoki havonchada upa holiga keltirsangiz bo’ladi. Retseptda yalpiz efir yog’i o’rniga maydalangan upasini ishlatmoqchi bo’lsangiz, aralashmaga suv qo’shmasdan tish poroshogi sifatida ishlatish lozim bo’ladi.
Dengiz tuzi rafinadlanmagan holida 82dan ortiq minerallarni o’zida jamlaydi va tish pastasida ishlatilganida tishlarni remineralizatsiya qilishda yordam beradi. Shu bilan birga dengiz tuzi tishlarni oqartirib, umumiy og’iz bo’shlig’i sog’lig’ini yaxshilaydi.
Oson Yalpizli Tish Pastasi
- 2/3 stakan Osh Sodasi
- 1 choy qoshiq Dengiz Tuzi
- 15-20 tomchi Yalpiz efir yog’i
- Distillangan suv
Tayyorlanishi:
- Suvdan boshqa barcha massaliq aralashtiriladi.
- Ozginadan suv qo’shilib, aralashtiriladi. Aralashma quyuqligi siz xohlagan ko’rinishga kelgach, aralashma shisha idishga solib, yopiq holda saqlanadi.