QALAMPIRMUNCHOQLI TISH PASTASI

Share

qalampirmunchoqUshbu uy sharoitida tayyorlanadigan tish pastasi antibakterial, tishni oqartiruvchi, og’izdagi yaralarni tuzatuvchi, tish og’riqlarini kamaytiruvchi, milklarni tuzatuvchi hususiyatlarga ega.

Retseptga o’tishdan oldin ushbu tish pastasi tarkibini ko’rib chiqamiz.

Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.

3% Vodorod Peroksidi boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganida suv va kislorodga ajraladi. U tishlarni oqartiradi va antiseptik hususiyatlarga ega.

Kokos yog’i antibakterial yog’ bo’lib, milk yallig’lanishlarini tuzatadi va tishlarning umumiy sog’lig’ini yaxshilaydi.

Qalampirmunchoq antibakterial, zamburug’larga qarshi, antiseptik, mikroblarga qarshi hususiyatlarga ega. Qalampirmunchoq va uning yog’i tish va milk sog’lig’ini ta’minlashda keng qo’llaniladi. U tish og’rig’i, og’izdagi yaralar, og’izdan noxush hid kelishi va boshqa ko’plab tish muammolarida juda samarali vosita hisoblanadi.

Qalampirmunchoqli Tish Pastasi Retsepti

 Massaliqlar:
  • 2 osh qoshiq Osh Sodasi
  • 1/4 choy qoshiq 3% Vodorod Peroksidi
  • 2 osh qoshiq suyuq Kokos yog’i
  • 10-15 tomchi Qalampirmunchoq yog’i

Tayyorlanishi:

  1. Barcha massaliqlar aralashtiriladi.
  2. Massaning suyuqroq bo’lishini istasangiz yana biroz kokos yog’i qo’shsangiz bo’ladi.
  3. Pasta mazasini tatib ko’rib, istasangiz yana biroz qalampirmunchoq efir yog’i yoki upasidan qo’shishingiz mumkin.
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *