Ko’pchilik tish kariyesini tabiiy yo’llar bilan tuzatishning iloji yo’q deb hisoblaydi. Aslida esa buning iloji bor. Tish buzilishi natijasida hosil bo’gan teshik butunlay yo’qolib ketmasligi mumkin, ammo tishni mustahkamlab, o’sha kariyes atrofida boshqa qatlam hosil bo’lishiga erishish mumkin. Bunday holda tish buzilishda davom etmaydi. Kariyes kichik bo’lsa, tish teshigi tabiiy holda butunlay yopilib bitib ketish holatlari ham kuzatilgan. Bunday natija ko’pincha bolalarda ro’y berishi ko’proq kuzatiladi.
1900 yillarda yashab o’tgan doktor va tish davolash bo’yicha mutahassis Veston Prays dunyo kezib tish buzilishing sabablarini o’rgandi va buning asosiy sababini aniqlashga muvaffaq bo’ldi. Bugungi kunning zamonaviy tish davolash bo’yicha mutahassisi hisoblangan Ramiel Nagel doktor V.Praysning ishlarini o’rganib chiqib, qo’shimcha ilmiy manbalarga tayangan holda tish sog’lig’ini tabiiy ravishda tiklash dasturini ishlab chiqdi.
Doktor V.Praysning xulosasiga ko’ra tishlarning buzilishida ham tuzalishida ham asosiy omil bu taomlanish tarzi hisoblanadi. Har bir yeyilgan taom tishlardan minerallar “o’g’irlashi” yoki tish-suyaklarni kerakli vitamin va minerallar bilan ta’minlashi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir iste’mol qilingan taom tishlarning buzilishiga yoki ularni mustahkamlashga hissa qo’shadi.
Tishlarni vaqtida yuvmaslik tish buzilishing eng asosiy sababi hisoblanmaydi. Aksincha, zararli tish pastalari ishlatilsa, tishlar buzilishiga hissa qo’shilgan bo’ladi. Tish va og’iz gigiyenasiga albatta rioya qilish lozim, ammo tish pastalarining tarkibiga ham alohida ahamiyat berish muhim. Tish pastalarini qanday tanlash haqida BU YERDA o’qishingiz mumkin.
Tishlarni tabiiy usulda sog’lomlashtirish natijalari qanday?
Oziqlanishni quyida ko’rsatilganidek tartibga solish orqali tishlarni mustahkamlashga erishganlar bormi?
Tish shifokorisiz tabiiy holda tishlarni sog’lomlashitirshga erishganlar ko’p. Mana ayrim misollar:
Bunday natijaga erishganlarning o’z manbasidan o’qishni istasangiz ushbu raqamlar ustiga bosing: 1, 2, 3, 4
Tish buzilishining asosiy sabablari nima?
Tish kariyesi paydo bo’lishing eng asosiy 4 ta sababi mavjud:
- Organizmda mineral tanqisligi paydo bo’lishi. Bunda kaltsiy, magniy va fosfor tanqisligi eng asosiy sabablardan hisoblanadi.
- Organizmda yog’da eruvchi A, D, K, E vitaminlarining tanqisligi (defitsiti) vujudga kelishi. Vitamin D tanqisligi tish buzilishining eng asosiy sabablaridan hisoblanadi.
- Fitin kislotasi ko’p bo’lgan ozuqa mahsulotlarini doim iste’mol qilish. Fitin kislotasi deyarli barcha donlarda, yong’oq va urug’larda mavjud. Ularni iste’mol qilishdan oldin don, yong’oq va urug’larga to’g’ri ishlov berib fitin kislotasini kamaytirish yoki yo’q qilish muhim. Bunga erishish uchun don-dunlarni ivitib, undirib va fermentlab me’yorda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
- Shakar ko’p iste’mol qilish.
Tish buzlishini to’htatish va tish kariyesini tuzatish uchun qanday yo’l tutish lozim?
Tish kariyesi mavjud bo’lsa va uni tuzatish niyatida bo’lganlar ushbu qoidalarga rioya qilishlari muhim:
1. Shakardan butunlay voz kechish.
Sun’iy yoki qayta ishlangan shirinlashtiruvchilar tish buzilishiga katta hissa qo’shadi. Bunga oq shakar, novvot, shakarli pishiriqlar, sun’iy shirinlashtiruvchilar, konfetlar, shokoladlar, va boshqalar kiradi.
Tabiiy va bezarar hisoblangan ayrim shirin mahsulotlarga isitilmagan asal, arab xurmosi, quritilgan mevalar, shirin mevalar kabilarni kiritishimiz mumkin. E’tibor qilish muhim bo’gan jihat shuki, tish kariyesi aktiv paytda hatto tabiiy shirin mahsulotlardan ham vaqtincha cheklanish muhim.
Demak, tish buzilganida, ayniqsa og’rib turganida, mazasi shirin mahsulotlarni iste’moldan butunlay chiqarish tavsiya qilinadi. Tish mustahkamlanib, og’riqlar yo’qolganida, yana tabiiy shirin mahsulotlarni me’yorda iste’mol qilsa bo’ladi. Tabiiy shirin mahsulotlarni me’yordan ortiq ko’p iste’mol qilish ham tishlar buzilishiga olib keladi. Qayta ishlangan shirin mahsulotlarni esa tishlar mustahkamlangandan so’ng ham mutlaqo iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
2. Fitin kislotasini iste’moldan chiqarish yoki keskin kamaytirish
Tish kariyesi mavjud bo’lgan payt tishlarni mustahkamlashga qaror qilsangiz, tishlar mustahkamlanib olguncha fitin kislotasi mavjud mahsulotlarni vaqtincha butunlay iste’moldan chiqarish muhim.
Tish mustahkamlanganidan so’ng, bunday mahsulotlarni to’g’ri ivitib, undirib va fermentlab me’yorda iste’mol qilishingiz mumkin bo’ladi. Fitin kislotasi deyarli barcha donlarda, yong’oq va urug’larda mavjud.
Noto’g’ri ishlov berilgan don-dun, yong’oq va urug’lar tish kariyesini vujudga keltirishga juda katta sabablardan biri hisoblanadi.
3. Ozuqaga boy mahsulotlar iste’mol qiling
Tish uchun foydali va ozuqaga boy mahsulotlar ro’yhati:
- Suyak sho’rvasi. Suyaklar 8-72 soat past olovda qaynatiladi. Shunda suyakdagi ko’p foydali mineral va moddalar sho’rvaga o’tadi. To’g’ri tayyorlangan suyak sho’rvasi sovuq joyda gelga aylanadi (xolodetsga aylanadi). Kuniga tahminan 1 stakan (200-250 ml) ichiladi, bu miqdor oshsa ham zarar qilmaydi.
- Fermentlangan Baliq Jigari yo’gi. Bu baliq yog’i bilan bir narsa emas. Fermentlangan baliq jigari yog’i tabiiy A va D vitaminlari, Omega-3 va boshqa foydali moddalarga boy. 1 choy qoshiq fermentlangan baliq jigari yog’ida tahminan 3500-10000 IU tabiiy vitamin D mavjud bo’ladi. Ba’zi Baliq jigari yog’lari turlari qattiq ishlov berilishi natijasida o’z tabiiy vitaminlarini yo’qotadi, natijada ishlab chiqaruvchilar bunday yog’ga sun’iy vitaminlar qo’shishi kuzatiladi. Shu sababli ishonchi joydan xarid qilish maqsadga muvofiq. Fermentlangan Baliq Jigari Yog’ini tayorlash uchun baliq jigari fermentlanadi, so’ng yog’i siqib olinadi. Isitilmaydi. Kuniga tahminan 1 choy qoshiq iste’mol qilinadi.
- Yaylovda boqilgan hayvon suti va sut mahsulotlari. Bunday sut xom holatda ichiladi. Sut isitilsa, undagi juda ko’p foydali moddalar nobud bo’ladi va tish mustahkamlovchi hususiyatlari keskin kamayadi. Xom sut tanlashning ham o’z qonun qoidalari bor. Yaylovda boqilmaydigan fabrika sutlarini xom holda ichish kasallik paydo qilishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tabiiy holda, ya’ni yaylovda doim yashillik yeydigan hayvon suti toza holda sog’ilsa, juda ham shifobaxsh hisoblanadi. Sutni to’g’ri tanlash haqida BU YERDA o’qing (muhim). Eng yaxshi sut bu echki va tuya sutidir. Sigir suti kazeini A2 turda bo’lsa, u ham juda shifobaxsh hisoblanadi. Echki suti va ona suti doim A2 kazeinga ega. Sigir suti esa A1 yoki A2 bo’lishi mumkin. A1 kazein turi mutatsiya natijasida paydo bo’lgan degan fikrlar mavjud. Kuniga 1-4 stakan ichiladi. Bu miqdorga qatiq, kefir, isitilmagan zardob ham kiradi.
- Vitaminga boy Saryog’. Yaylovda boqiladigan hayvon sutidan olinadigan saryog’ vitaminga juda boy bo’ladi. Bunday saryog’ tabiy holda to’q sariq rangda bo’ladi (oq emas). Bunday saryog’ tish va suyaklarni mustahkamlashda juda ham katta yordam beradi. Sariq saryog’ eng shifobaxsh ozuqa mahsulotlaridan biridir. Kuniga 1-1,5 osh qoshiq sariq saryog’ iste’mol qilinadi.
- Fermentlangan mahsulotlar. Fermentlangan degani foydali bakteriyalar yordamida qayta ishlangan deb tushiniladi. Misol, karamni yaxshilab tuzlab suv bilan qoplab xona xarorsatida qoldirilsa, bir necha kun o’tgach u fermentlanadi. Fermentlangan mahsulotlarga kefir, qatiq, koreys kimchisi, tuzlab fermentlangan karam, fermentlangan mahsulotlar va shu kabilar kiradi. Fermentlangan mahsulotlar ichaklar salomatligi uchun muhim o’rin egallaydi. Ichaklar sog’lom bo’lsa, butun organizm sog’lom bo’ladi. Shu o’rinda tish va suyaklar ham. Ichaklardagi bakteriyalar immunitetning 70% qismi uchun javob berishi fan bilan isbotlangan. Shuningdek, ichakdagi bakteriyalar miya bilan ham uzviy bog’liq. Depressiya, ko’p asabiylashish, jizzakilik yoki shu kabi muammolar ildizi ichakdagi bakteral disbalansda ekanini bildirishi mumkin. Har bir ovqat bilan yoki kuniga kamida 1 mahal iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
- Yaylovda boqilgan hayvon go’shti va organlari. Haftada 1-2 marta yoki har kuni ozginadan.
- Yaylovda boqilgan hayvon Jigari. Yo’q, jigar iflos organ emas. Jigar – minerallar va vitaminlarga eng boy mahsulotlardan biri. Sog’lom jigarda yog’ kam bo’ladi, lahm bo’ladi. Yaylovda boqiladigan hayvon jigari odatda sog’lom bo’ladi. Haftada 1-2 marta.
- Uy tovug’i tuxumi. Uy tovug’i tuxumi sarig’ining rangi och sariq emas olovrang (apelsin rangida) bo’ladi. Buning uchun albatta tovuqlar ochiq havoda yashillik va hasharotlar yeyishiga sharoit yaratilgan bo’lishi lozim. Har kuni kamida 2 ta tuxum va qo’shimcha bir nechta tuxum sarig’i iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
- Rafinadlanmagan va isitilmagan Zaytun yog’i salatlarga qo’shiladi. Isitilmaydi.
- Sabzavotlar – xom holda va pishgan holda. Sabzavotni xom holatda yeya olmasangiz, pishirib yeng. Bu ham birday foydali bo’ladi. O’zingizni xom sabzavot yeyishga majburlamang, sababi hamma ham xom sabzavotlarni yaxshi hazm qilmasligi mumkin. Masalan, bodringni xom holda yeya olasiz, ammo brokkoliga biroz issiqlik bilan ishlov berasiz va bironta foydali yog’ bilan birga iste’mol qilasiz.
- To’q yashil sabzavotlar – xom va pishgan holda. Ismaloqni bir necha soniya issiqlik bilan ishlov berib, keyin iste’mol qilgan yaxshi. Bu ismaloqdagi oksalatlarning pochkada yig’ilishining oldini oladi.
- Quritilgan go’sht. Hazmi oson va oqsilga boy.
- Toza havzalardan tutilgan baliq.
- Avokado foydali yog’larga boy.
- Kokos yog’i
- Meva kuniga faqat 1-2ta, kunning ilk yarmida iste’mol qilinadi. Mevalar tabiiy bo’lgani bilan, shirin mevalarni haddan ortiq ko’p iste’mol qilish ham tish buzilishiga olib kelishi mumkin.
- Don mahsulotlari iste’mol qilinsa faqat fermentlangani iste’mol qilinadi. Me’yorni unutmaslik muhim. Fermentlanmagan, yaxshilab ivitilmagan don mahsulotlari tish buzilishiga va organizmdagi mineral defitsiti paydo bo’lishiga juda katta hissa qo’shadi. Non pishirsangiz, tabiiy achitqida bir necha soat oshirib, keyin pishirib iste’mol qilsangiz bo’ladi. Shunda ham me’yor zarur – ko’p iste’mol qilish kerak emas.
- Ovqat qilishda issiqlikka chidamli yog’lardangina foydalaning: qo’y yog’i, kuydirilgan (topleniy) saryog’, kokos yog’i, avokado yog’i, charvi yo’g’i, g’oz yog’i, o’rdak yog’i.
4. Ozuqaviy qiymati kam bo’lgan va zararli mahsulotlardan voz keching
Organizmni ozuqaga boyitmaydigan, aksincha organizmdan o’g’irlaydigan mahsulotlardan voz keching:
- Oq shakar. Oq shakar butun organizm balansini buzishi o’nlab ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan. Oq shakar tabiiy lavlagi yoki qamishdan ajratilgan bo’lsa ham, o’z holicha tabiiy mahsulot hisoblanmaydi. Lavlagini o’zini yoki qamish suvini me’yordan oshirmagan holda bemalol iste’mol qilishingiz mumkin. Shakar miya uchun zarur degan tushuncha mutlaqo noto’g’ri. Shirani tabiiy o’zgartirilmagan mahsulotlardan olishingiz mumkin. Miya uchun esa foydali ozuqa bu foydali yog’lardir.
- Rafinadlangan shirinlashtiruvchilardan voz keching: oq shakar, jo’hori siropi, jo’hori shakari, jigarrang shakar, shakarli murabbolar, organik shakar, agave nektari, maltodekstrin, saxaroza, glyukoza.
- Spirt shakari. Bunga ksilitol, sorbitol, mannitol, maltitol, eritritol kabilar kiradi. Bu shirinlashtiruvchilarni tish pastalariga qo’shib foydalanish mumkin, ammo iste’mol qilish uchun tavsiya qilinmaydi. Tish pastalariga qo’shilsa, tishlarga zarar bermaydi.
- Gidrogenlashtirilgan yog’lar – margarin kabilar.
- Sifatsiz o’simlik yog’lari. Bunga rafinadlangan o’simlik yog’lari, soya yog’i, kanola yog’i, aspur yog’i, pahta yog’i, rafinadlangan kungaboqar yog’i va shu kabilar kiradi.
- Pasterizatsiya qilingan sut, organik bo’lsa ham. Pasterizatsiya qilingan sut umumiy sog’liqni yomonlashtiradi. Sababini BU YERDA o’qing.
- Gazli ichimliklar. Gazli ichimliklarda shakar miqdori juda ham ko’p, ularga boshqa miya uchun zararli sun’iy shirinlashtiruvchilar ham qo’shilgan bo’lishi mumkin. Gazli ichimliklar organizmdan kerakli minerallarni yuvib chiqaradi. Natijada suyak, tish va boshqa sog’liq muammolari yuzaga keladi.
- Eruvchan kofe. Kofe ichishni istasangiz, butun donli yoki maydalangan donli kofe ichishingiz mumkin. Suvga solganda erib ketuvchi tayyor kofe tavsiya qilinmaydi.
- Sun’iy qo’shimcha moddalar – sun’iy rang beruvchilar (oziq-ovqatga mo’ljallangan bo’lsa ham), sun’iy hid beruvchilar va boshqalar.
- Oq un. Oqartirilgan va sun’iy moddalar va sun’iy vitaminlar qo’shilgan oq undan uzoq bo’ling. Oqartirilmagan, hech narsa qo’shilmagan oq unni faqatgina foydali yog’lar, vitamin C va B1 ga boy mahsulotlar bilan birga gohida iste’mol qilsa bo’ladi (har kuni emas).
- Fermada boqilgan baliq
- Fabrikada boqilgan hayvon go’shti. O’rniga yaylovda boqilgan hayvon go’shtini va suyaklarini tanlang.
- Zamonaviy fastfud
- Spirtli ichimliklar
- Tamaki va sigaret
- Dorilar, shuningdek apteka dorilarining ko’pi.
5. Quyoshdan unumli foydalaning.
Quyosh vitaminisiz tish salomatligi haqida o’ylash ham mumkin emas. Sun’iy vitamin D quyoshdan hosil bo’ladigan vitaminga tenglasha olmaydi. Quyoshdan to’gri foydalanish haqida BU YERDA o’qing.
6. Remineralizatsiya qiluvchi tish yuvish vositalaridan foydalaning.
Remineralizatsiya qilivchi degani, tishlarni minerallarga boyituvchi deb tushiniladi. Ftorli tish yuvish vositalari bunga kirmaydi. Ftorli tish pastalari zararli! Tish yuvish vositalarini tog’ri tanlash haqida ma’lumotni BU YERDA o’qing.
Remineralizatsiya qilivchi tish pastani o’zingiz ham tayyorlashingiz mumkin. Retseptlar uchun BU YERGA bosing.
7. Yog’ muolajasini muntazam o’tkazing
Buning uchun tongda uyqudan uyg’onganda, tishni ham yuvmasdan og’izga 2-4 osh qoshiq foydali yog’lardan biri solinadi. Yog’ 20 daqiqa og’izda ushlab turiladi, bunda yog’ tishlarga va til tagiga ham yetib borishi kerak. Yog’i aslo yutish mumkin emas, sababi bu yog’ til tagidagi kapillyar tomirlar orqali toksinlarni shimib oladi. 2o daqiqa o’tgach, yog’ tuflab tashlanadi (axlat qutisiga, chig’aniqqa emas).
Yog’ muolajasi uchun istalgan rafinadlanmagan va isitilmagan yog’ ishlatish mumkin, masalan kokos yog’i, MCT yo’gi, rafinadlanmagan kungaboqar yog’i, zaytun yog’i, kunjut yog’i va hk. Bu muolaja uchun eng yaxshi yog’ – bu kokos yog’idir.
Bu yog’ muolajasi organizmni tozalashda hizmat qilibgina qolmay, tishlarni mustahkam qiladi, milklarni tuzatadi, bosh og’riqlardan halos qiladi.
- 1. Ramiel Nagel "Cure Tooth Decay"
- 2. Weston Price "Nutrition and Physical Degeneration"
- 3. Dr.Axe