QUYOSH NURI – FOYDAMI YOKI ZARAR? QUYOSHDAN QANDAY FOYDALANISH KERAK?

Share

quyosh foydami yoki zarar uzshifo.infoQuyoshsiz insoniyat yashay olmaydi. Shunday bo’lsa ham quyosh qizdirganda qiynalamiz, qorayamiz, teri qariydi. Quyosh terini kuydirishi, hatto teri saratonini yuzaga keltirishi ham mumkin. Ba’zilar quyoshdan shunchalik qo’rqishadiki, quyoshdan asrovchi kremlarsiz ko’chaga chiqishmaydi. Ikkinchi tomondan quyosh vitamini degan iborani ham ko’p eshitamiz. Quyosh kremlari ziyoni haqida ham ko’p eshitamiz. Quyosh vitamini yetishmasa ham bir qancha sog’liq muammolari yuzaga keladi. Bu bir biriga qarama qarshi tushunchalar insonni ikkilantirib qo‘yishi tabiiy. Unda nima qilish va qanday yo‘l tutish kerak? 

BARCHA QUYOSH NURLARI BIR HIL EMAS

UVA nurlar: Quyoshning UVA nurlari terini qaritadi, hatto teri saratonini yuzaga keltirishi mumkin. UVA nurlari UVB nurlarisiz teriga tushsa vitamin Dni parchalaydi.

UVB nurlar: UVB nurlari esa aksincha terida vitamin D hosil qiladi, saraton kasalidan himoya qiladi, yana bir qancha sog’liqqa ijobiy ta’sirlari ham bor.

Demak asosiy vazifamiz kunning qaysi vaqtida UVB nurlari atmosfera qatlamidan o‘tib bizgacha yetib kelishini va qaysi payt UVA nurlaridan o’zimizni himoya qilishimiz ma’qul ekanini bilishdir.

Hech qaysi sintetik vitamin D tabiiy quyosh o‘rnini to’liq bosa olmaydi. Shu sababli quyoshdan unumli foydalanishni o‘rganishimiz muhim.

Oldin quyosh vitaminining sog’liqqa foydalarini bir ko‘rib chiqaylik.

QUYOSH VITAMININING INSON SALOMATLIGI UCHUN FOYDALARI

Quyosh vitaminining sog’lig’imizga quyidagi foydalari mavjud:

– Vitamin D badandagi 30000ga yaqin gendan 3000tasiga javob beradi.
– Saraton kasalligining 16 turidan himoya qiladi (teri, o‘pka, prostata va hk).
– Organizmda vitamin D yetarli bo‘lsa saraton kasalligiga qarshi himoyangiz 60%ga oshadi.
– Tish va suyak kasalliklarining oldini oladi.
– Og‘riqlarni kamaytiradi.
– Yog‘ metabolizmini oshiradi.
– Huddi o‘simliklardek insonlar ham quyoshdan energiya oladi.
– Kayfiyatga ijobiy ta’sir qiladi.
– Uyquni yahshilaydi.
– Yurak kasalliklarining oldini olishda yordam beradi.
– Qon bosimini normallashtiradi.
– Infarktning oldini oladi.
– 90% ko‘krak saratonining oldini oladi. Ko‘krak rakini hatto “Vitamin D deficiti sindromi” deb ham atashadi.
– Homiladorlar, yosh bolalar sog’lig’i uchun juda juda muhim.
– Sklerozning oldini oladi.

DERAZA SHISHA OYNASI ORQALI HAM VITAMIN D OLISH MUMKINMI? 

Deraza shisha oynasi orqali quyoshda aslo toblana ko’rmang.

Sababi, deraza shisha oynasi UVB nurini filtrlaydi va faqat zararli UVA nurini o‘tkazadi. Shu sababli, uy ichida o‘tirib vitamin D bilan to‘yinishning iloji yo‘q. Buning ustiga, shisha orqali o’tadigan UVA nurlari bilan toblanganda teri saratoni kelib chiqishi ehtimoli paydo bo’ladi.

Uy ichida quyoshda toblanish niyati bo’lmasa ham doim uyda o’tirib, tashqariga, ya’ni quyoshga chiqmaydigan insonlar ham sog’liq muammolariga duch kelishlari mumkin. Sababi, yuqorida ta’kidlanganidek, shisha asosan UVA nurlarini o’tkazadi. UVA nurlarining salbiy ta’sirlaridan himoyada bo’lish uchun teriga UVB nurlari ham tushishi kerak. Shu sababli quyoshli kunda tashqariga ma’lum vaqtlarda doim sayr qilib turish yoki bog’dorchilik bilan shug’ullanish tavsiya qilinadi.

Doim avtomobil haydab yurilsa ham shisha orqali o’tuvchi UVA nurlardan himoyalanish maqsadida qo’lga mahsus tikilgan yenglar kiyib haydash tavsiya qilinadi.

Endi qaysi payt quyoshga chiqish havfsiz ekanini quyida ko’rib chiqamiz.

QAYSI PAYT QUYOSHGA CHIQISH TAVSIYA QILINADI?

Ertalab soat 10gacha va kechki payt soat 4-5 dan keyin quyoshga chiqish kerak degan tushuncha ham juda noto‘g’ri. Aynan shu paytda teriga asosan UVA nurlari tushadi va terida vitamin D hosil bo‘lishi juda sust bo‘ladi. Foydali UVB nurlaridan bahramand bo’lish uchun yozda tahminan soat 11:00-14:00 oralig’ida quyoshda 10-30 daqiqa sayr qilish tavsiya qilinadi. Buning uchun qo’l (panja) va yuz ochiq turishi yetarli.

Bizga kerakli UVB nurlari gorizontga nusbatan 50 darajadan yuqori burchakda bo‘lganida atmosfera qatlamidan o‘tib bizgacha yetib keladi. Qaysi paytda UVB nurlaridan bahramand bo‘la olishimizni hisoblab olishimiz mumkin.

Buning uchun joylashish koordinatalarimizni va vaqt zonamizni bilib olishimiz kerak bo‘ladi. O‘zbekiston koordinatalari 41° 16′ N, 69° 13′ E va vaqt zonasi UTC +5 soat (East of Greenwich). Keyin quyidagi linkka kirasiz: “Quyosh balandligini o’lchash kalkulyatori” va joylashish koordinatalarini va vaqt zonasini B formasiga kiritib, “Compute Table” tugmasini bosasiz. Hosil bo’lgan jadvalda “Altitude” ustunida 50° dan yuqori vaqt oralig’ini belgilab ko’rib olasiz. Ana shu vaqt oralig’i ichida quyoshga chiqsangiz foydali UVB nurlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin. Bu vaqt oralig’idan tashqarida (50° dan past bo’lganda) quyoshda toblanish zararli. Bu vaqt oralig’i har kuni o’zgarib turadi.

Bolalar (kattalar ham) quyoshga chiqqanida boshni, ko’zni soyada ushlashlari kerak. Buning uchun boshga kepka, panama yoki shlyapa kiyish qattiq tavsiya qilinadi.

QUYOSHDAN ASROVCHI KREMLAR HAVFSIZMI?

Quyoshdan asrovchi kremlarning ko’pchiligi teri saratonini keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Sababi, kremlardagi sun’iy (sintetik) tarkib va ushbu kremlarning UVB nurlarining teriga tushishidan to’sishi, UVA nurlarining ma’lum qismidan esa himoya qilmasligidir.

Quyoshdan asrovchi kremlar tarkibidagi eng zararli moddalar: Oxybenzone va sintetik vitamin A (Retinyl Palmitae). Sun’iy vitamin A teriga surtilganida, quyosh ta’sirida teri muammolari kelib chiqishi mumkinligi aniqlangan.2

UVA nurlaridan himoyalanish uchun eng yaxshi vositalar bu bosh kiyim va ko’ylakdir. UVA nurlari ko’p paytda terini quyoshdan himoya qilish uchun soyada yurish, terini mato bilan himoyalash va terini quyoshdan asrovchi tabiiy vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi (masalan, kokos yog’i).

UMUMIY XULOSA

Mana, qaysi vaqt UVB nurlaridan bahramand bo’la olishimizni bilib oldik. Bu vaqtda quyoshga chiqishdan oldin ushbularni ham esda tuting:

  • Quyoshli kunda soat 11:00-14:00 oralig’ida 10-30 daqiqa sayr qilish tavsiya qilinadi. Sababini tepada o’qing.
  • Faqat yuz va qo’l panjasi ochiq bo’lsa ham terida yetarli vitamin D hosil bo’laveradi.
  • UVB nurlari terini qoraytirmaydi. UVA qoraytiradi.
  • Bolalar (kattalar ham) quyoshga chiqqanida boshni, ko’zni soyada ushlashlari kerak. Buning uchun boshga kepka, panama yoki shlyapa kiyish qattiq tavsiya qilinadi.
  • Deraza shisha oynasi orqali o’tgan nurdan vitamin D ololmaysiz. Deraza orqali toblanish zararli.
  • Vitamin Dni g’amlash mumkin. U organizmda yig’iladi. Shu sababli yozdan unumli foydalanib, qish uchun g’amlab oling.
  • Bolalarning boshiga panama kiydiring, ammo badanning tepa qismiga kiyim kiydirish shart emas. Bu ko’proq vitamin D zahira qilish uchun yaxshi.
  • Ko’proq vitamin D hosil bo’lishi uchun teri quyoshdan kuyishi yoki qizarishini aslo kutmang.
  • Homiladorlar UVB nurlariga to’yinib olishsa, tug’ilajak farzandi sog’lig’i uchun katta hissa qo’shgan bo’lishadi.
  • Bolalar uchun ham kattalar uchun ham quyosh vitamini juda muhim.
  • Sintetik vitamin D tabiiy quyosh orqali hosil bo’ladigan vitamin Dga tenglasha olmaydi. Sintetik variantini ko’proq ichib yuborsangiz, bir qancha sog’liq muammolari yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun qo’ldan kelgancha tabiiysidan g’amlab olavering.

Tepadagi ma’lumotlarning aniq manbalari mavjud, bu borada ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Doktor Merkola o‘z veb sahifasida aniq manbalar keltirib, bu mavzuni batafsil tushintiradi (mercola.com).

Manba(lar):
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *