ISHLATAYOTGAN TISH PASTANGIZ HAVFSIZMI?

Share

tish pastasiHar kuni muntazam tish yuvsangiz ham tishlaringizda jiddiy buzilishlar kuzatganmisiz? Sababi nimada?

Sotuvda turli tuman tish pastalari mavjud. Reklamalarda tinimsiz ko’rsatiluvchi tish pastalari ongimizga “tish uchun foydali” deb singib qolgan. Aslidachi? Ularning tarkibi har doim ham havfsiz bo’lavermaydi.

Bizga ma’lumki, og’iz bu alohida butun bir sistema. Og’iz bo’shlig’i ichida o’ziga hos mikroflora mavjud. Og’izdagi bakteriyalarni yoppasiga yo’q qilish foyda keltirish  o’rniga bu sistemani ishdan chiqarishi mumkin. Og’iz bo’shlig’ida ham huddi ichaklardagi kabi foydali bakteriyalarning yetarli bo’lishi og’iz va tishlar salomatligi uchun muhim. Bunga esa to’g’ri taomlanish va tish vositalarini to’g’ri tanlash bilan erishiladi.

Og’izdagi kapillyar tomirlar og’zimizga solingan moddalarni qon tizimiga so’rish hususiyati mavjud. Shu sababli, og’iz parvarishi mahsulotlarini ham huddi yeguliklar kabi sinchkovlik bilan tanlash lozim.

Quyida tish pastalari tarkibida bo’lishi tavsiya qilinmaydigan moddalar ro’yhati bilan tanishib chiqasiz. Tish pastalarining tarkibiy qismini ko’zdan kechirib, mahsulot sizning va oilangiz salomatligi uchun havfsiz ekanligiga ishonch hosil qiling.

Inson salomatligiga zarar qiluvchi va tish pastalari tarkibida mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zi moddalar:

1. Ftor (Sodium Flouride, Фторид натрия, фторид)

Uzoq vaqt davomida ftor tishlarni mustahkamlaydi degan tushuncha mavjud edi, ammo 2010 yilda Langmuir2 jurnalida chop etilgan ilmiy maqola bunday tushunchani rad etadi. Ftor tish emalini mustahkamlamaydi.

Eng havotirlisi shuki, tish pastalari bilan birga ichga yutilgan va suvga qo’shilgan ftorni iste’mol qilish ko’pgina kasalliklarga zamin yaratadi. Ftor –  yuqori toksik (zarar qiluvchi) modda bo’lib,  jiddiy nevrologik (asab) va endokrin (gormonal) tizimi muammolarini, diabet, buyrak kasalliklari, intellekt pasayishi, bo’qoq (tiroid bezi) kasalliklari, artrit, bepushtlik, immunitet pasayishi, saraton, genetik buzilishlar va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.3

Afsuski, sotuvdagi juda ko’p tish pastalarida ftor mavjud. Bundan ogoh bo’lib, harid qilishdan avval mahsulot tarkibiy qismini doim ko’zdan kechirish tasviya qilinadi.

2. Triklozan (Triclosan, Триклозан)

Triklozan antebakterial modda hisoblanadi, ammo shu bilan birga endokrin sistemasini ham ishdan chiqaradi. Endokrin sistemasining ishdan chiqishi esa o’z navbatida boshqa jiddiy sog’liq muammolarini keltirib chiqaradi. Ba’zi ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra, triklozan kalamush va sichqon homilalarida suyaklarning noto’g’ri rivojlanishi kabi muammolarga olib keladi. Triklozan ko’krak saratoni rivojlanishiga ham katta hissa qo’shishi mumkin.

Tarkibiy qismida triklozan mavjud bo’lgan tish pastalaridan biri bu mashhur Colgate Total pastasidir. Shuning uchun brend nomi ishonchli degan tushunchadan voz kechib, doim mashulot tarkibiy qismini o’qib, keyin xarid qilish yaxshi fikrdir. Tish pastalaridan tashqari, triklozan ko’pgina sovun va kosmetika vositalariga ham qo’shilishi mumkin.

3. Natriy sulfat loril (Sodium Lauryl Sulfate (SLS), Лаурилсульфат натрия)

Bu modda ko’pirtiruvchi modda hisoblanib, tish pastalarida juda keng ishlatiladi.

SLS teri yallig’lanishi va terida og’riqli yaralar paydo qilishi mumkin. Bu modda ekologiya uchun ham havfsiz emas. SLS suvga aralashib, atrof-muhitga (suv jonzotlari, hasharotlarga) zarar keltirishi mumkin va potensial kantserogen modda hisoblanadi.

4. Propilen Glikol (Propylene Glycol, Пропиленгликоль)

Propilen Glikol bo’yoqlarda, emallarda ishlatiladi, shuningdek antifriz sifatida va muzni eritishda ham qo’llaniladi.

Bu moddaning gigiyena mahsulotlarida qo’llanilishi havfsizligini aniqlash ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar deyarli yo’q, ammo propilen gligol teri, ko’zda qizarish va o’pkada yallig’lanish kabilarni keltirib chiqarishi ma’lum.

5. Dietanolamin (Diethanolamine (DEA), диэтаноламина)

DEA potensial kantserogen modda bo’lib,  kosmetik va gigiyena vositalarida qo’llaniluvchi eng toksik moddalardan biri hisoblanadi.

6. Sun’iy shirinlashtiruvchilar

Aspartam yoki boshqa sun’iy shirinlashtiruvchi moddalar miya to’qimalariga jiddiy zarar yetkazadi. Natijada doimiy bosh og’riqlar, quloq shang’illashi, bosh aylanishi va boshqa muammolar paydo bo’lishi mumkin.

7. Mikro parchalar.

Qumga o’xshash mayda mikro plastik parchalar nafaqat tish pastasi, balki boshqa ko’plab badan parvarishi mahsulotlariga qo’shilishi mumkin. Bu plastik mikro parchalar suvga aralashadi, suvdagi toksinlarni o’ziga yutadi, so’ngra dengiz jonjotlari tomonidan iste’mol qilinadi, so’ngra o’sha jonzotlar bilan birga inson iste’moliga ham qo’shiladi. Bunday mikro parchalar hatto milk orasiga kirib, yuvilmasdan qolib ketishi ham oson. Milk orasiga kirgan mikro parchalar milk kasalli

8. Glitserin. 

Glitserin o’z holicha zararli emas, lekin glitserinli tish pastasi bilan tish yuvilganida tishda glitserinli qoplam hosil bo’ladi. Bu qoplamni ketkazish uchun tishni 30 marta yuvish ham ba’zan kamlik qiladi. Tishlardagi bu qoplam og’izdagi moddalar almashinuvi jarayonini buzadi va tishlar zaiflashishiga, kariyes rivojlanishiga sabab bo’ladi.

9. Sorbitol

Sorbitol quyuqlashtiruvchi modda bolib, shirin mazaga ega. Bu modda xronik diareyaga sabab bo’lishi mumkin. Sorbitol ustida deyarli hech qanday ilmiy tadqiqot mavjud emas.

Tish yuvish vositalarini harid qilayotganda albatta ichida nimalar borligini tekshirib, o’qib olish muhim. Bunday vositalarni uyda tayyorlash ham qiyin emas. Mana bu maqolada og’iz gigiyenasi mahsulotlarini tayyorlashni o’rganishingiz mumkin: UY SHAROITIDA TISH YUVISH VOSITALARINI TAYYORLASH

Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *