YALPIZLI TISH YUVISH PASTASI

Share

YalpizUy sharoitida tayyorlanuvchi ushbu tish pastasi tishlarni mustahkamlaydi, oqartiradi va yaxshi tozalaydi. Ushbu pastani tayyorlashda bizga kaltsiy, osh sodasi, kokos yog’i va quritilgan yalpiz upasi kerak bo’ladi.

Tish pastasida ishlatiluvchi massaliqlarning umumiy hususiyatlarini quyida ko’rib chiqamiz.

Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.

Kokos yog’i antibakterial yog’ bo’lib, milk yallig’lanishlarini tuzatadi va tishlarning umumiy sog’lig’ini yaxshilaydi.

Kaltsiy upasi tishlarni mustahkamlaydi. Kaltsiy (kaltsiy karbonat yoki boshqa) tabletkasi kofe maydalagichda upa holiga keltirilib ushbu pasta tarkibida ishlatilsa ham bo’ladi.

Yalpiz efir yog’i qo’shilganida tish pastasi yalpizli mazaga ega bo’ladi.

Yalpizli Tish Yuvish Pastasi Retsepti

Massaliqlar:
  • 5 osh qoshiq Kaltsiy upasi
  • 2 osh qoshiq Osh Sodasi
  • 3 osh qoshiq Xylitol upasi (shirin maza uchun)
  • 3-5 osh qoshiq Kokos yog’i (eritilgani)
  • 20 tomchi Yalpiz efir yog’i

Tayyorlanishi:

  1. Barcha massaliqlar birma bir solinib yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Aralashma shisha yoki silikon yopiq idishda saqlanadi.
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *