APELSINLI BOLALAR TISH PASTASI

Share

CaraCaraVanillaUy sharoitida tayyorlanuvchi ushbu bolalar tish yuvish vositasi yoqimli maza va shirin hidga ega. Ushbu tish pastasi tishlarni tozalaydi, mustahkamlaydi va umumiy og’iz bo’shlig’ini sog’lomlashtiruvchi hususiyatlarga ega.

Ushbu tish pastasi tarkibida ishlatiluvchi moddalarni birma bir ko’rib chiqsak.

Bentonit loyi minerallarga boy loy turi hisoblanib, tish pastasida ishlatilganida tishlarni mustahkamlaydi va og’izdan toksinlarni o’ziga tortib oladi. Ammo shuni esda tutish kerakki, bentonit loyi bilan ishlanganda po’latdan boshqa hech qanday metal idish yoki uskuna ishlatilmasligi kerak. Shisha, po’lat, chinni, silikon idish va uskunalar ishlatilsa bo’ladi.

Dengiz tuzi rafinadlanmagan holida 82dan ortiq minerallarni o’zida jamlaydi va tish pastasida ishlatilganida tishlarni remineralizatsiya qilishda yordam beradi. Shu bilan birga dengiz tuzi tishlarni oqartirib, umumiy og’iz bo’shlig’i sog’lig’ini yaxshilaydi.

Xylitol tishlarni mustahkamlashda yordam beruvchi shirinlashtiruvchi modda hisoblanadi. Uning o’rniga biroz xom isitilmagan (va shakar qo’shilmagan) tabiiy asal ishlatilsa bo’ladi. Tish pastasi tarkibiga qo’shilgan tabiiy asal tishni buzmaydi. Asosiysi asalning tabiiyligiga ishonch hosil qiling. Eslatma: asal ham me’yordan ortiq ko’p iste’mol qilinsa tishni buzishi mumkin. Rafinadlangan shakarning esa oz miqdori ham tishni buzadi.

Efir yog’lari tish pastasiga yoqimli maza va hid berib, tish pastasining shifobaxsh hususiyatlarini oshiradi. Efir yog’lari o’rniga tabiiy giyohlarning quritilib upa holiga keltirilgani ishlatilsa bo’ladi.

Tish pastasini saqlash uchun tanlagan idishingiz shisha, chinni yoki sifatli silikon bo’lgani yaxshi. Efir yog’lari qo’shilgan aralashmalar plastik idishda saqlanishi mumkin emas, bunday qilinsa plastikdagi zararli moddalar aralashmaga ham qo’shilib, aralashmani toksik holatga keltirishi mumkin.

Tish pastasini namlangan tish chetkasiga qo’yishda alohida kichik qoshiqcha yoki tayoqchadan foydalanish tavsiya qilinadi.

Apelsinli Bolalar Tish Pastasi Retsepti

Massaliqlar:

  • 1/4 stakan Bentonit loyi
  • 2 choy qoshiq Xylitol upasi
  • 1/4 choy qoshiq Dengiz Tuzi (rafinadlanmagan)
  • 1/2 stakan qaynoq Suv (filtrlangan yoki distillangan)
  • 10 tomchi Apelsin efir yog’i
  • 5 tomchi Vanilin efir yog’i

Tayyorlanishi:

  1. Metal bo’lmagan idishda bentonit loyi, xylitol va dengiz tuzini aralashtiring.
  2. Aralashma ustidan 1/2 stakan qaynoq filtrlangan suv quyingm va metal bo’lmagan qoshiq bilan yaxshilab aralashtiring. Po’lat (stainless steel) qoshiq ishlasangiz bo’ladi.
  3. Iliq yoki sovugan aralashmaga apelsin va vanilin efir yog’larini qo’shib yana aralashtiring.
  4. Aralashmani yopiq shisha idishda saqlang.
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *