Ushbu tish upasi tarkibidagi dolchin tishlarni mustahkamlaydi, kariyesning oldini oladi, tish toshlari paydo bo’lishining oldini oladi. Qalampirmunchoq ham og’iz bo’shlig’i sog’lig’ini yaxshilaydi, tish og’riqlarini kamaytiradi, og’izdagi yaralarni tuzatadi. Osh sodasi og’izdagi pH balansini normada ushlaydi va tishlarni oqartiradi. Aralashmada oddiy tuz emas, rafinadlanmagan dengiz tuzi ishlatsangiz, tishlaringizga yana ham foydasi ortadi. Rafinadlanmagan dengiz tuzida 82+ ta minerallar mavjud bo’lib, tish va milk sog’lig’ini ta’minlaydi va tishlarni oqartiradi.
Dolchin va Qalampirmunchoqli Tish Upasi Retsepti
Massaliqlar:
- 4 choy qoshiq Osh Sodasi
- 1 choy qoshiq Tuz
- 1 choy qoshiq Dolchin upasi
- 1 chimdim Qalampirmunchoq upasi
Tayyorlanishi:
- Barcha massaliqlar aralashtirilib, siz istagan idishda saqlanadi.
- Ishlatish uchun kaftga ozgina to’kilib, namlangan tish chetkasi kaftga botiriladi. To’g’ridan to’g’ri upa idishiga chetka botirilishi tavsiya qilinmaydi.
- Aralashmaga namlik tegmasa, uzoq vaqt buzilmaydi.