Ushbu aralashma tish, milk va umumiy og’iz bo’shlig’i sog’lig’i uchun nihoyatda foydali. Asosiysi, unda zararli kimyoviy moddalar yo’q. Tish pastalari tarkibi haqida batafsil: ISHLATAYOTGAN TISH PASTANGIZ HAVFSIZMI?
Ushbu tish yuvish kukuni tarkibidagi moddalarga qisqacha izoh berib, keyin retseptga o’tamiz.
Bentonit loyi minerallarga boy loy turi hisoblanib, tish pastasida ishlatilganida tishlarni mustahkamlaydi va og’izdan toksinlarni o’ziga tortib oladi. Shuni esda tutish kerakki, bentonit loyi bilan ishlanganda po’latdan boshqa hech qanday metal idish yoki uskuna ishlatilmasligi kerak. Shisha, po’lat, chinni, silikon idish va uskunalar ishlatilsa bo’ladi.
Kaltsiy upasi tishlarni mustahkamlaydi. Kaltsiy (kaltsiy karbonat yoki boshqa) tabletkasi kofe maydalagichda upa holiga keltirilib ushbu pasta tarkibida ishlatilsa ham bo’ladi.
Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.
Yalpiz qo’shilganida tish pastasi yalpizli mazaga ega bo’ladi. Yalpiz upasini tayyorlash uchun yalpizning quritilgan barglarini kofe maydalagichda yoki havonchada upa holiga keltirsangiz bo’ladi.
Dolchin tishlarni mustahkamlaydi, kariyesning oldini oladi, tish toshlari paydo bo’lishining oldini oladi.
Qalampirmunchoq antibakterial, zamburug’larga qarshi, antiseptik, mikroblarga qarshi hususiyatlarga ega. Qalampirmunchoq va uning yog’i tish va milk sog’lig’ini ta’minlashda keng qo’llaniladi. U tish og’rig’i, og’izdagi yaralar, og’izdan noxush hid kelishi va boshqa ko’plab tish muammolarida juda samarali vosita hisoblanadi.
Xylitol tishlarni mustahkamlashda yordam beruvchi shirinlashtiruvchi modda hisoblanadi. Solish shart emas.
Efir yog’lari tish pastasiga yoqimli maza va hid berib, tish pastasining shifobaxsh hususiyatlarini oshiradi. Efir yog’lari o’rniga tabiiy giyohlarning quritilib upa holiga keltirilgani ishlatilsa bo’ladi.
Kariyesni to’htatuvchi va Tishlarni mustahkamlovchi Tish Yuvish Upasi
Massaliqlar:
- 4 osh qoshiq Bentonit loyi
- 3 osh qoshiq Kaltsiy upasi
- 1 osh qoshiq Osh Sodasi (solish ixtiyoriy)
- 2 osh qoshiq quritilgan Yalpiz upasi
- 1 osh qoshiq Dolchin upasi
- 1 choy q.-1 osh qoshiq Qalampirmunchoq upasi
- 1 osh qoshiq Xylitol upasi (solish ixtiyoriy)
- Efir yog’lari – ta’bga ko’ra va ixtiyoriy (yalpiz, dolchin efir yog’lari) – 5-10 tomchi
Tayyorlanishi:
- Barcha massaliqlar aralashtirilib, yopiq shisha idishda saqlanadi.
- Massaliq tarkibida suyuqlik bo’lmagani va aralashma tarkibi tabiiy holda antibakterial bo’lgani tufayli, juda uzoq saqlanishi mumkin.
Qanday topsam boʻladi
Onlayn do’konlardan, apteka yoki bozordan. Maqolada linklar bor.