XURMO SHAKARINI UY SHAROITIDA TAYYORLASH

Share

xurmo shakariBiz pishiriq sevar xalqmiz. Ammo rafinadlangan shakarning inson organizmiga ko’rsatadigan zararlari shu qadar jiddiyki, shakarli pishiriqlardan voz kechish sog’liqdan voz kechishdan osonroqdek tuyuladi. Yoki teskarisi. Ba’zan sog’liqqa zararli bo’lsa ham shirinliklarsiz yashay olmaydigan insonlar ham bor. Buning sababi, shakar insonni o’ziga kokaindan 8 baravar kuchliroq o’rgatib qo’yadi. Shirin pishiriqlardan butunlay voz kechish oson emas, ammo buning ham yechimi bor! Bu yechim xurmo shakaridir.

Xurmodan tayyorlangan shakar pishiriqlarda ham oq shakar o’rnini bosa oladi. Xurmo shakari rafinadlanmagan sog’lom shirinlashtiruvchi hisoblanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, tabiiy shirinliklar ham me’yordan ortiq iste’mol qilinsa, organizm balansdan chiqishi va tish buzilishi kabi muammolarga sabab bo’lishi mumkin. Rafinadlangan (qayta ishlangan) shakardan butunlay voz kechib, rafinadlanmagan shirinliklarni (juda shirin mevalarni ham) me’yordan oshirmagan holda iste’mol qilish eng yaxshi qaror bo’ladi.

Tadqiqotlardan biri xurmoni inson uchun ideal ozuqalardan biri deb tan olgan.

Xurmoning inson organizmi uchun foydalari:1

  • Reproduktiv salomatlikni ta’minlaydi;
  • Ortiqcha (me’yordan ortiq) qonashlarni to’htatadi;
  • Kamida 15 hil minerallarni o’zida jamlaydi;
  • Tarkibida 23 hil amino-kislotalar mavjud;
  • Yurak salomatligi uchun foydali;
  • Gemorroyning oldini oladi;
  • Yallig’lanish va infeksiyalarning oldini oladi.
  • A, B, K vitaminlariga boy.

Xulosa shuki, xurmoni me’yordan oshirmagan holda iste’mol qilib turish salomatlik uchun foydali hisoblanadi. Xurmodan tayyorlangan tabiiy shakarni uyda tayyorlasa ham, xarid qilsa ham bo’ladi. Xarid qilish uchun bu yerga bosing.

Xurmo shakarini uy sharoitida tayyorlash

Bizga quyidagilar kerak bo’ladi:

  • Xurmo
  • Duhovka (dimxona) yoki mevalarni qurituvchi maxsus oshxona jihozi yoki quyosh
  • Blender yoki oshxona kombayni

Tayyorlash uslubi:

  1. Tahminan 500gr yoki siz istagan miqdordagi xurmoni danaklaridan tozalab, har birini 2 qismga bo’lib chiqamiz.
  2. Maydalangan xurmoni duhovka patnisiga bir qator terib chiqib, 160-170C haroratida 1 soatu 30 daqiqa quritamiz. Orada 1-2 marta aralashtiriladi. Bunda duhovka eshigi ochiqroq qolgani ma’qul. Agar xurmo yaxshi qurimagan bo’lsa, duhovkada yana 1-2 soatga qoldiramiz.
  3. Duhovka o’rniga xurmoni quritish uhun quyoshdan ham foydalansa bo’ladi. Buning uchun xurmo quyosh tushadigan joyga qo’yilib, 2 kuncha quyoshda quritiladi.
  4. Xurmomiz qurigach va sovugach, uni blenderga solib maydalab shakar holatiga keltiramiz.
  5. Xurmo shakari yopiq idishda saqlanishi lozim.

Qo’llanilishi:

  • Shakar o’rniga 1:1 miqdorda solib ishlatiladi.
  • Pishiriqlarda va boshqa turli maqsadlarda shakar o’rniga ishlatilsa bo’ladi.
Facebooktwittergoogle_plusredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *