Ushbu maqola ma’lumotlari chivin chaqishiga qarshi va ularni haydashning eng samarali hisoblangan usullari jamlanmasidir.
Birinchi navbatda atrof-muhitning chivin makoniga aylanmasligi uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumotlarni ko’rib chiqiladi.
Chivinlarni kamaytirish va yo’qotish uchun umumiy choralar
1. Hovlida turib qolgan suv yoki ko’lmak bo’lmasligiga ahamiyat berish kerak.
Chivinlar suvga tuxum qo’yadi. Ularga kichkina qopqoq hajmida suv ham tuxum qo’shish uchun yetarli. Bu yerda aynan turib qolgan suv haqida gap ketyapti. Yomg’ir yog’gach hosil bo’lgan ko’maklar quyoshda tez qurib qolsa, ular havfli emas.
2. Ko’rshapalak boqing.
Aniqrog’i, ularning uyingiz atrofida yashashiga halal bermang. Ko’rshapalaklar chivinlar bilan oziqlanadi va ular mavjud joyda chivinlar deyarli uchramaydi.
3. Hovliga chivin zoti yoqtirmaydigan ekinlar eking va qolgan yovvoyi o’tlarni iloji bo’lsa kaltalating.
Chivin yoqtirmaydigan o’simliklardan ayrimlari (ko’p o’zbekcha nomlarni topa olmadim):
- Piretrum margaritkasi (Tanacetum cinerariifolium)
- Citronella
- Marigolds (Tagetes lucida)
- Melissa (Lemon balm)
- Ageratum
- Catnip (Nepeta cataria)
- Rayhon
- Timyan
- Rozmarin
- Lavanda
- Evkalipt
- Yalpiz
- Sarimsoq
- Choy daraxti
Chivin chaqishidan himoyalanish uchun qanday oziqlanish tavsiya qilinadi?
Chivinlar ham odam tanlaydi. Ular ba’zi insonlarga ko’proq talpinadi, ba’zilarini esa chetlab uchib o’tadi. Buning sababi insonning ovqatlanish tarziga ham bog’liq bo’lar ekan. Chivinlar uchun bemaza bo’lish sirlari nimada?
- Doim sarimsoq iste’mol qiluvchi insonlarni chivinlar xushlamaydi. Sarimsoqdan tayyorlangan spreylar ham chivinlarni uzoqlashtirishda yordam beradi.
- Ertalab doim limonli (shakarsiz) suv ichib yurish ham chivinlarni sizdan uzoqlashtiradi degan ma’lumotlar mavjud.
- Piyoz, qalampir, sarimsoq, kashnich urug’larini ovqat bilan doim iste’mol qilish ham yaxshi naf beradi.
- Vitamin B1 ga boy mahsulotlar iste’mol qilish ham chivinlarni sizdan uzoq qiladi.
- Har kuni 1-2 ta petrushka poyasini barglari bilan iste’mol qilib yuradiganlar ham chivinlar ulardan uzoqroq uchishini ta’kidlashadi.
Chivinlar qanday insonlarni xush ko’rishadi? Chivinlar sizni doim taqib qilishini istasangiz muntazam ravishda yuqori uglevodli (pishiriq, nonlar, shirinliklar, shakar) va sho’r (rafinadlangan tuzi ko’p) taomlar iste’mol qiling. Bunday qilish sog’liqni ham yomonlashtirishini unutmang.
Chivin chaqishidan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjudmi?
Tabiiy vositalardan eng samarali hisoblanganlari quyidagilardirdir:
1. Magniy sulfatli aralashma.
Magniy sulfatli aralashma chivin haydash uchun eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu aralashmani tayyorlash uchun bir hil miqdorda Magniy sulfat, og’iz chayishga mo’ljallangan antiseptik suyuqlik (masalan, Listerine) va pivo aralashtiriladi. Bu aralashma atrofga (hovliga) sepiladi. O’sha yerga anchagacha chivinlar yaqinlashmaydi.
2. Chivin uchun qopqon.
Uni tayyorlash uchun 2 litrlik bo’sh plastik butilka, 200 gr suv, 50 gr shakar va 1 gr xamirturush kerak bo’ladi. Butilka 2ga bo’linadi va pastki qismiga iliq suv va shakar solib eritiladi. Suv erigach droja solib aralashtiriladi. Butilkaning tepa qismini voronkaga o’xshatib butilkaning pastki qismiga solib qo’yiladi, chetlari qora rangli lenta bilan qotiriladi. Bu idishni siz o’tiraidgna joydan uzoqroqqa qo’yib qo’yiladi. Droja hosil qiladigan gazlar chivinlarni o’ziga chorlaydi.
3. Kofe qoldiqlari.
Kofe qoldiqlarini huddi isiriqdek yondirib tutating, chivinlar o’sha yerni tark etishadi.
4. Efir yog’lari.
Tabiiy efir yog’lardan chivinga qarshi turli spreylar va suyuqliklar tayyorlasa bo’ladi. Retseptlar uchun mana bu yerga bosing: “Chivin chaqishiga qarshi tabiiy vositalar tayyorlash”. (Retsepti oldinda.)
Chivin chaqqanidan so’ng paydo bo’luvchi teri qichishishini qanday yo’q qilsa bo’ladi?
Chivin chaqqach, teri qichishini yo’q qilish usullari:
1. Chivin chaqqan joyga issiqlik qilinsa, teri qichishi tez yoq bo’ladi.
Bunda fendan chiquvchi issiqlikdan foydalansa bo’ladi. Chivin chaqqan joyga yetarlicha issiq havo to’g’rilanadi va tahminan 2-3 daqiqa ushlab turiladi. Juda isib ketsa, teri kuymasligi uchun orada bir necha soniyalik tanaffus qilinadi. Boshida issiqlik juda qichishtiradi, ammo birozdan so’ng bu qichishish yo’q bo’ladi. Fendan chiquvchi havo juda issiq bo’lishi kerak. Kuyib qolmaslik uchun bu usuldan ehtiyot bo’lib foydalaning.
Bu usul juda samarali, lekin chivin chaqqan joy ko’p bo’lsa biroz vaqt oladi.
2. Chivin chaqqan joyga quyidagilar surtish umumiy holda tavsiya qilinadi:
- Arnika geli;
- Ezilgan yalpiz barglaridan tayyorlangan pasta;
- Muz;
- Choy darahti yoki lavanda efir yog’i;
- Bananning ichki po’sti;
- Tabiiy olma sirkasi;
- Limon;
- Tuz va suv aralashmasi;
- Aloe suvi;
- Osh sodasi.
3. Mahsus loyli pasta (aralashma). Bu aralashmani o’zim ishlatib ko’rdim, 80%-90% samarali. Retsepti oldinda.
Siz chivin chaqishiga va chaqqanidan so’ng qichishishni yo’q qilish usullaridan qaysilarini bilasiz?