Havf-xatarni his qilgan paytda yoki stress paytida organizm tabiiy ravishda bezovta bo’ladi va inson ruhiy bezovtalik, asabiylik, qo’rquv yoki shunga o’xshash holatlarga tushadi. Bu organizmning normal reaktsiyasi hisoblanadi. Qisqa muddatli stress organizm uchun hatto foydali, ammo uzoq muddatli va doimiy stress aksincha salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Qisqa muddatli stress yoki qo’rquv organizm himoyasi uchun ishlaydi. Bunda immunitet oshishi, infektsiyalarga chidamlilik ortishi, yaralar tezroq tuzalishi, miyaga ko’proq kislorod yetib borishi kuzatiladi.
Bezovtalik va ruhiy tushkunlik doimiy bo’lsachi?
DOIMIY RUHIY BEZOVTALIKNING (DOIMIY STRESSNING) SALOMATLIKKA TA’SIRI
Stress va ruhiy bezovtalik doimiy bo’lsa, bu inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va quyidagi muammolariga olib kelishi mumkin:1
- yuqori qon bosimi
- uyqusizlik
- hazm muammolari
- bosh og’rig’i
- depressiya
- jizzakilik
- infarkt
- II turdagi qandli diabet
- ich qotishi
- diareya
- jig’ildon qaynashi
- oshqozon yarasining qaytalanishi
- ko’ngil aynashi
- qorin og’rig’i
- orqa va yelka muskullaridagi og’riqlar
- hayz davrining buzilishi
- hayz davrining og’riqli kechishi
- immunitetning pasayishi
DOIMIY ASABIYLIK, BEZOVTALIK VA DEPRESSIYA KABI RUHIY MUAMMOLARNING ASOSIY SABABLARI
Ruhiy muammolar va doimiy stressning asosiy sabablari hayotda ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizliklar, yo’qotishlar va hotirjam bo’lishga to’sqinlik qiluvchi tashqi omillar bo’lishi hech kimga sir emas.
Doimiy asabiylik va ruhiy bezovtalikning aniq sababi tushunarsiz bo’lsachi?
Oksford universiteti neyrobiologlarining 2014 yildagi tadqiqotlariga ko’ra ichaklardagi mikrofloraning ruhiy salomatlikka ta’siri juda kattadir. Ichaklar miyaga yuboruvchi ma’lumotlar hajmi miya ichakka yuboradigan ma’lumotlar hajmidan ancha kattaligi aniqlandi. Ichaklar salomatligining ta’minlanishi va ichaklarda foydali bakteriyalar yetarli bo’lishi inson kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilishi kuzatildi.
Ichaklar kasallansa, miya ham sog’lom bo’lmaydi, deb xulosa qiladi doktor Natasha Kempbel. Ichaklardagi mikroflora balansda bo’lmasligi va ichaklarning zaif bo’lishi autizm, giperaktivlik, disleksiya, diqqatni jamlolmaslik va boshqa muammolarga ham olib kelishi kuzatiladi.2
Sababi aniq bo’lmagan doimiy asabiylik, jizzakilik va shunga o’xshash ruhiy muammolarning asosiy sabablari:
- Ichaklarda foydali bakteriyalarning kamligi
- Ichak devorlarining zaifligi
- Organizmning ifloslanishi (toksinlar ko’payishi)
Ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi asosiy omillar:
- nosog’lom yeguliklar, nosog’lom ichimliklar va shakar
- antibiotiklar
- xlorlangan va ftorlangan suv
- antibakterial sovun
- qishloq xo’jaligida qo’llaniluvchi kimyoviy moddalar (pestitsidlar)
- atrof muhitning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi
- bola tug’ilayotganida ona mikroflorasi zaif bo’lishi yoki sun’iy tug’ish (keserevo).
Xulosa shuki, kayfiyat doim yaxshi bo’lishi uchun ichaklar salomatligi va to’gri oziqlanish nihoyatda muhim. Ichaklar va boshqa organlar, shuningdek asab tolalarida toksinlar yig’ilishi ham jizzakilikni keltirib chiqaradi. Organizmda toksinlar yig’ilishining eng asosiy sababi esa notog’ri ovqatlanishdir.
SABABSIZ ASABIYLIK, BEZOVTALIK VA DEPRESSIYA: Yechimlar
Yuqorida ichaklar faoliyati va miya faoliyatining uzviy bog’liqligi ko’rib chiqildi. Ichaklar salomatligi ruhiy salomatlik uchun juda muhim ekanini ham bilib oldik. Xayriyat, ichaklar salomatligini tiklash juda qiyin emas.
Oksford universiteti neyrobiologlarining 2014 yildagi tadqiqotlariga ko’ra ichaklardagi mikrofloraning ruhiy salomatlikka ta’siri juda kattadir. Ichaklar miyaga yuboruvchi ma’lumotlar hajmi miya ichakka yuboradigan ma’lumotlar hajmidan ancha kattaligi aniqlandi. Ichaklar salomatligining ta’minlanishi va ichaklarda foydali bakteriyalar yetarli bo’lishi inson kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilishi kuzatildi.
Quyida miya faoliyatini yaxshilash uchun qanday yo’l tutish kerakligi haqida doktor Merkola, doktor Natasha Kempbell va doktor Aksning maslahatlari sanab o’tiladi.
Ichaklarda foydali bakteriyalarni ko’paytirish va asabiylikni yo’q qilish usullari:
- Fermentlangan mahsulotlarni doim iste’mol qilish: pasterizatsiya qilinmagan fermentlangan sabzavotlar (kimchi, va b.) va fermentlangan sut mashulotlari (uy kefiri, qatiq va b.).
- Probiotik iste’mol qilish. Fermentlangan mahsulotlar doim iste’mol qilsangiz, probiotik preparatlarini iste’mol qilish shart emas.
- Yangi ona bo’lsangiz, farzandingizni ona suti bilan emizing. Ona suti miya va ichaklarning sog’lom bo’lishida katta yordam beradi va kuchli fundament yaratadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bolani kamida 2 yil emizishni maslahat beradi.
- B vitaminiga boy mahsulotlarini iste’mol qiling: yaylovda boqilgan mol go’shti, uyda boqilgan parranda go’shti, to’q yashil sabzavotlar (pishgan yoki xom).
- Kaltsiyga boy ozuqalar iste’mol qiling: qatiq, quritilgan rayhon, brokolli, kunjut, yovvoyi baliq, va boshqalar.
- Magniyga boy ozuqalar iste’mol qiling: qovoq urug’i, avokado, dengiz mahsulotlari (dengiz o’ti).
- Omega-3 ga boy ozuqalarni iste’mol qiling: yovvoyi baliq, sifatli baliq jigari yog’i.
- Asabiylikni keltirib chiqaruvchi ozuqalardan voz keching: shakar, shakarli mahsulotlar, kafein, spirtli ichimliklar, qayta ishlangan va oqartirilgan un va boshqalar
Bolalikdan sog’lom mikrofloraga ega bo’lish uchun doktor va pediatr K. Elrich chaqaloqlarga quyidagi holatlarda probiotik (foydali bakteriyalar) berishni maslahat beradi:
- Bola tsezar amaliyoti yordamida tug’ilgan bo’lsa;
- Tug’ruq paytida antibiotik olingan bo’lsa;
- Homiladorlik davrida antibiotik olingan bo’lsa;
- Emizish davrida antibiotik olingan bo’lsa;
- Ona mikroflorasi zaif bo’lsa.
Probiotik tanlashdan oldin albatta pediatr bilan maslahatlashing. Bolalarda ichak mikroflorasi yaxshilansa injiqliklar va boshqa asab-miya faoliyati muammolari ham ancha kamayadi.
Keyingi maqola: “АСАБИЙЛИК ВА НЕВРОЗГА ҚАРШИ ТАБИИЙ ДОРИЛАР ВА МУОЛАЖАЛАР (Dr.Josh Axe маслаҳатлари)”
- 1. THE EFFECTS OF STRESS ON THE BODY
- 2. Dr.Natasha Campbell " Gut and Psychology Syndrome (GAPS)"
- 3. D.rAxe "Natural Remedies for Anxiety"
- 4. Dr.Mercola "The Root Cause of Anxiety and Depression That Few Suspect"