KEFIRDA ALKOGOL (ETIL SPIRTI) MAVJUDMI? 

Share

kefirBizga ma’lumki, spirtli ichimliklar sog’liqqa jiddiy zarar ko’rsatadi. Ayollar va bolalar bundan ayniqsa ko’proq zarar ko’rishlari mumkin. Homiladorlikda mast qiluvchi spirtli ichimliklar iste’mol qilish homilaning noto’g’ri rivojlanishi kabi fojeaga sabab bo’lishi ham hech kimga sir bo’lmasa kerak.

Ba’zi tabiiy mahsulotlar borki, ularning tarkibida ham ko’p bo’lmagan alkogol miqdori mavjud. Masalan, drojada pishirilgan non tarkibida tahminan 1.9% alkogol mavjud, ammo non insonni mast qilmaydi.

Tabiiy holda kam miqdorda alkogol mavjud bo’lgan, mast qilmaydigan va iste’mol qilish mumkin bo’lgan tabiiy mahsulotlardan ayrimlari: pishgan banan (1ta pishgan bananda tahminan 1 ml spirt mavjud), tabiiy apelsin soki (300 grda tahminan 1.5ml spirt mavjud), ayron, g’arq pishgan meva va sabzavotlar, fermentlangan mahsulotlar va boshqalar.

Kefir ham fermentlangan mahsulot hisoblanadi va unda kichik miqdorda alkogol mavjud. Bu miqdor tabiiy uchraydi va insonni mast qilmaydi. Juda uzoq fermentlangan kefirda bu miqdor biroz yuqori bo’ladi, masalan 1 yil fermentlangan kefir eng ko’pi 4% alkogol miqdoriga ega bo’lishi mumkin. Bunday kefirni ichish albatta shubhali va tavsiya qilinmaydi. Haqiqat shuki, hech kim kefirni 1 yil fermentlab ichmaydi va icholmaydi. Kefir 24-48 soatda fermentlanadi, so’ng suzib olinadi va ichiladi. 3-4 kun yoki undan ko’proq fermentlanganida va kefirda ko’p gazlar paydo bo’la boshlasa, kefirda tahminan eng ko’pi bilan 0.7% alkogol paydo bo’lishi mumkin. Bunday kefirning mazasi yoqimsiz, ichish ham amrimahol bo’ladi.

Umumiy xulosa shuki, normal tavsiya qilingan usulda fermentlanib, vaqtida suzib olingan kefir hatto bolalar uchun ham havfsiz va nihoyatda foydali hisoblanadi.

Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *