Quyidagi maslahatlar Robert Bernardinining “Tuganmas Sog’liq” kitobidan olingan bo’lib, uning ADHD bobidagi maslahatlarining umumiy va qisqa jamlanmasidir.
ADHD ning oldini olish va uni tuzatish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilish zarur:
👆Toza va tabiiy ovqatlanish juda muhim.
Ovqatlatga qo’shiladigan sintetik ranglar, sintetik qo’shimchalar, MSG (glutamat natriy), pestitsid (dorilar), kimyoviy qo’shimchalar, geni o’zgartirilgan mahsulotlardan ehtiyot bo’ling.
Sintetik ranglar bolada giperaktivlikni paydo qilishi aniqlangan. Sintetik bo’yoqlar juda ko’p qadoqlangan ozuqa mahsulotlariga qo’shiladi.
Glutamat natriy (xitoy tuzi, koreys tuzi) neyrotoksin hisoblanib, miyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Glutamat natriy qo’shilgan ozuqalar homiladorlikda iste’mol qilinishi bolaning asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ehtimoli mavjud.
Hasharotlarni o’ldirishda ishlatiluvchi dorilar asab tizimini ishdan chiqarishi aniqlangan. Sabzavot va ozuqalar yetishtirishda ishlatiluvchi dorilar salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi hech kimga sir emas.
👆Qo’rg’oshin (Lead)dan ehtiyot bo’lish muhim.
Qo’rg’oshin inson organizmi uchun juda zararli hisoblanadi. Qo’r’goshin asab tizimi va buyraklarni ishdan chiqarishi, nutq muammolari va intellektning pasayishi, suyak o’sishining sekinlashuvi, tutqanoq va boshqa jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Qo’rg’oshin bilan zaharlanish belgilari:
- Doimiy charchoq yoki giperaktivlik
- Ishtahasizlik
- Asabiylik
- Ozib ketish
- Uyqu muammolari
- Ich qotishi
- Diqqatni jamlolmaslik
- Agressivlik
Ba’zan simptomlar umuman bilinmaydi. Organizmda qo’rg’oshin miqdorini aniqlash uchun soch tolasini analiz qilish va qonni tahlil qilish mumkin.
Qo’rg’oshin organizmning tozalanish (detoks) qobiliyatini kamaytiradi.
Qo’rg’oshin eski uylarda ishlatilgan bo’yoqlarda, eski trubalardan oqib keluvchi suvda, ba’zi bo’yoq turlarida, ba’zi dorivor vositalarda, ba’zi kosmetika mahsulotlarida (ayniqsa surma, lab bo’yoqlari), ba’zi bolalar o’yinchoqlarida katta miqdorda uchrashi mumkin.
Qo’rg’oshinli bo’yoqlar bilan bo’yalgan uy devorlaridan chiquvchi changlar ham bolalar uchun zararli hisoblanadi.
Qo’r’goshinni organizmdan chiqarish uchun Magniy sulfatli vannalar, loyli vannalar qabul qilish, doim kashnich iste’mol qilish yoki kashnich suvini siqib ichish, “Chelation Pesto” yeb turish, suvni doim filtrlab ichish, yetarli magniy va yod iste’mol qilish, muntazam jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, yangi siqilgan sabzavot suvlarini ichish kerak.
Sog’lom ovqatlanadigan bolalarga qaraganda nosog’lom ovqatlanuvchi bolalar qo’r’goshin zararlaridan ko’proq aziyat chekishadi.
Qo’rg’oshin va marganets neyrotoksin hisoblanib, insonda agressivlikni paydo qiladi.
👆Iloji boricha yosh bolani sun’iy yo’l bilan emas, faqat ona suti bn emizish, ko’p ko’tarib bag’riga bosish, harakat qildirish, ko’p emaklatish juda muhim. Bolalarga gazli ichimliklar ichirmaslik kerak.
Tug’ilganidanoq sun’iy oziqlangan bolalar organizmi faqat ona suti bilan oziqlangan bolalar organizmiga qaraganda toksik marganets moddasini 5 baravar ko’proq yutadi.
Marganets serotonin va dopamin ishlab chiqishini pasaytiradi. Serotonin va dopaminlar esa insonning impuls nazorati va rejalashtirish qobiliyatlari uchun javob beradi. Miyada serotonin miqdori past bo’lsa, insonda depressiya, agressivlik, impulslarni nazorat qila olmaslik kabi salbiy holatlar paydo bo’lishi kuzatilgan.
Organizmda kaltsiy tanqisligi mavjud bo’lganida, organizmda marganets yutilishi yana ham osonlashadi.
Gazli ichimliklar kaltsiyni yuvib chiqarishini inobatga olganda, gazli ichimliklar bolalar uchun juda zararli hisoblanadi.
👆Simobdan ehtiyot bo’ling.
Simob bilan zaharlanish xulq muammolari, nevrologik muammolar, ta’lim olish muammolari va diqqatni jamlay olmaslik muammolarini keltirib chiqishi kuzatilgan.
Amalgam (kumush rangli) tish plombalarini aslo qo’ydirmaslik, qonga yubormaslik (ba’zi ukollar bilan), simobli lampalardan foydalanmaslik, simobli termometrlarni bolalarga berib qo’ymaslik muhim.
Simob manbalari: batareykalar, ba’zo bo’yoqlar, ba’zi elektrik vositalar, simobli lampalar, ba’zi plastik turlari, ba’zi baliq turlari, amalgam (kumush rangli) tish plombalari, ba’zi vaktsinalar.
👆Alyumindan ehtiyot bo’ling.
Yuqori miqdordagi alyumin markaziy asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Katta yoshlilarda Altsgeymer hastaligini, yosh bolalarda giperaktivlikni paydo qiladi.
Alyumin idishlarda ovqat qilmaslik, alyumin iste’mol qilmaslik va qonga yubormaslik juda muhim. Oqartirilgan unda alyumin, kadmiy (cadmium) kabi og’ir metallar ko’p bo’ladi. Suvda (vodoprovot) ham alyumin miqdori ko’p bo’lishi mumkin.
Alyumin zararlari minimal bo’lishi uchun organizmda magniy va kaltsiy defitsiti bo’lmasligiga ahamiyat berish kerak. Kaltsiyni tabiiy manbalardan (sifatli manbadan xom sut, sabzavotlar) olish tavsiya qilinadi.
👆Rux (Zinc) diyetada yetarli bo’lishi juda muhim.
Rux hazm tizimi, oqsil sintezi, ko’z (ko’rish) salomatligi, immunitet tizimi va prostata sog’lig’i uchun juda muhimdir. Rux asab tizimini tinchlantiradi va organizmda 60dan ortiq enzimlar faoliyatida ishtirok etadi.
Rux (Zinc) suyaklar o’sishi va tuzalishi, intellekt (aql-idrok) o’sishi uchun muhim hisoblanadi.
Rux hayvon mahsulotlarida ko’p bo’ladi (go’sht, suyak sho’rva, jigar, organ go’shtlari va hokazo).
Kafein va spirtli ichimliklar iste’moli organizmda Rux miqdorini kamaytirib yuboradi. Shu sababli bolalarga kafeinli ichimliklar (kofe, choy, gazli ichimliklar) berish tavsiya qilinmaydi.
👆 Kadmiy (Cadmium)dan ehtiyot bo’ling.
Kadmiy yer yuzidagi eng zaharli toksik metall hisoblanadi. Simob undan keyingi eng zaharli toksik og’ir metall hisoblanadi. Kadmiy toksiklik darajasi juda yuqori bo’lgan neyrotoksindir.
Kadmiy psihologik muammolarga olib kelishi aniqlangan.
Kadmiy buyraklarda, jigarda va qonda to’planadi. Kadmiyni organizmdan chiqarib tashlash juda qiyin hisoblanadi. Kadmiy Rux moddasining organizmga singishiga to’sqinlik qiladi.
Kadmiy sigaret tutunida, kofeda (qaysi turi yozilmagan, balki eruvchan tayyor kofedir) va oqartirilgan (bleached) oq unda yuqori miqdorda mavjud bo’ladi. Tabiiyki, bu mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, bolaga yedirmaslik to’g’ri bo’ladi.
Oqartirilgan (bleached) oq unda kadmiy (juda zararli og’ir metall) miqdori juda yuqori bo’ladi. Shu sababli oq undan tayyorlangan non va pishiriqlarni iste’moldan chiqarish foydali bo’ladi.
👆Oqartirilgan oq un (bleached white flour) – havfli mahsulotdir
Oqartirilgan unda alyumin, kadmiy (cadmium) kabi og’ir metallar ko’p bo’ladi.
Oq un ko’p iste’mol qiluvchi bolalar organizmida kadmiy miqdori yuqori bo’ladi. Bu esa ularning xulqiga salbiy ta’sir qiladi va o’zlashtirishdagi muammolarni yuzaga keltiradi. Bunday bolalarda odatda Rux (Zinc) tanqisligi mavjud bo’ladi.
Ko’chada sotiladigan oq un mashulotlari (non, makaron, pitsa, bulka, pishiriqlar, pechenyelar) oqartirilgan undan tayyorlangan bo’ishi ehtimoli juda ham yuqoridir.
Homilador ona katta miqdorda oq un mahsulotlarini iste’mol qilsa, kadmiy rivojlanayotgan bolaga ta’sir qilishi mumkin.
Oq un ko’p iste’mol qiluvchi va Ruxga boy ozuqalar iste’mol qilmaydigan bolalar o’qib o’rganishda va yangi ma’lumotni singdirishda qiynalishadi.
👆Mis (Copper) iste’molini keskin kamaytiring
Organizmda Mis (Copper) ko’paysa, bu tez hafa bo’lib qoluvchanlik, kayfiyat tez o’zgarishi, asabiylik kabi holatlarga olib kelishi mumkin.
Qadoqlangan ovqatlar, qadoqlangan ichimliklar, qadoqlangan gazli ichimliklar organizmda mis miqdorini ko’paytirib yuborishi aniqlangan.
👆Bola ovqatlanish ratsionida foydali yog’lar bo’lishi JUDA muhim.
Foydali yog’lar: saryog’, yog’li sut, avokado, kokos yog’i, asosiy ozuqasi yashillik bo’lgan hayvonlar yog’i, yong’oqlar, urug’lar, sovuq uslubda siqilgan va isitilmagan o’simlik yog’lari (zaytun yog’i, zig’ir yog’i), tuxum sarig’i, sifatli baliq yog’i va hokazo.
Bu yog’lar iloji boricha isitilmagan va pishirilmagan holatda iste’mol qilinishi kerak.
Margarin va gidrogenlashtirilgan yog’lar esa juda zararli. Rafinadlangan o’simlik yog’larini iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
👆 Bolalar diyetasida yetarli holesterin bo’lishi muhim.
Bolaning normal o’sishi uchun uning ovqatlanish ratsionida holesterin bo’ishi muhim.
Bolalar uchun quyidagilar juda foydali: tuxum sarig’i (suyuq pishgan yoki xom), jigar, organ go’shtlari, sifatli baliq yog’i, uy tovug’i go’shti, saryog’.
👆 Shakar iste’molini keskin cheklang
Shakar iste’molini minimallashtirish bola sog’lig’i uchun JUDA muhim.
18 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun maksimum kunlik shakar iste’mol miqdori 25 grammdan oshmasligi kerak. Bu miqdorni tabiiy shirin mevalardan (olma, banan, uzum, magiz, o’rik, xurmo va hokazo) olish lozim.
Rafinadlangan shakar va shakardan tayyorlangan pishiriq va shirinliklar bolalar uchun tavsiya qilinmaydi.
Shakar ko’p iste’mol qilish gipoglikemiyaga va immunutetning susayishiga olib keladi.
Bola shirinliklar yegisi kelganida o’rniga banan, yong’oq, va ananas berish mumkin.
Shirinlikka o’chlikni kamaytirish uchun magniy va mikroelementlar (trace minerals) iste’mol qilish yordam beradi. Shakar ko’p yeydigan bolalarda injiqlik ham yuqori darajada bo’ladi.
Bitta shirin olmada tahminan 19 gramm shakar mavjud. Bitta o’rtacha kattalikdagi bananda 14 gramm shakar bor. Bir dona arab xurmosida tahminan 4.5 gramm shakar mavjud bo’ladi.
Xulosa, kuniga 1-2ta meva yeyish yetarli.
👆 Allergiya beruvchi oziq-ovqatlar va mahsulotlarni iste’moldan chiqaring
Bug’doy (pestitsid va dorilar bn o’stirilgani) va pasterizatsiya qilingan tabiiy muhitda yashamaydigan sigirlardan olingan sut mahsulotlari ko’p allergiyalarga sababchi bo’ladi.
Allergiyalarga sabab bo’luvchi boshqa ozuqalar: ba’zi pishloq turlari, shokolad, gomogenizatsiya qilingan qaymoq, pasterizatsiya qilingan sut, qizil va sariq bo’yoqlar (пищевые красители) va boshqalar.
Allergiya belgilari bu faqatgina teri toshmalari va aksirishlar emas.
Allergiya simptomlaridan ba’zilari quyidagilardir:
- asabiylik,
- giperaktivlik,
- depressiya,
- yig’loqilik,
- muskul zaifligi va boshqalar.
Allergik ozuqalar uzoq vaqt iste’mol qilinsa inson xulqi salbiy tomonga o’zgarishi kuzatiladi.
Ba’zi hidlar ham shu kabi allergiyalar berishi mumkin. Bunga atirlar, tirnoq laklari kirishi mumkin.
Bunday allergiyalar miyada ham yallig’lanishlarni yuzaga keltirib, inson xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
👆Pasterizatsiya qilingan sut foydali emas.
Paterizatsiya qilingan sut anemiya, diabet I, allergiya, xronik quloq yallig’lanishi kabilarga sababchi bo’ladi. Bunday sutdagi kaltsiy yaxshi o’zlashmaydi.
👆Yosh bolaning uzoq vaqt och yurishiga yo’l qo’ymang.
Bolalar metabolizmi ancha tez bo’lgani uchun tahminan har 3 soatda qorni ochadi. Uzoq vaqt och yurgan bolalarda xulq o’zgarishi (yig’loqilik, injiqlik) kuzatiladi. Bunday paytda ularga duch kelgan narsa emas, sifatli ozuqalar berilishi muhim.
👆Bolalar diyetasida yuqori miqdorda oqsil va foydali yog’lar bo’lishi juda muhim.
Foydali yog’lar bolani sokinlashtiradi, oqsil rivojlanishida va o’sishida muhim hisoblanadi.
Sifatli oqsil manbalari: yashillik bilan oziqlangan mayvon go’shti va organlari, suyak sho’rvasi, yong’oq va urug’lar, yovvoyi baliq, uy tovug’i tuxumi (pastured eggs).
👆 Bolaning ikki miya yarim sharlarining birday rivojlanishiga yordam bering
Yozish, ayniqsa ikki qo’lda yozishni o’rganish miya uchun juda ham foydalidir. Bolaga ikki qo’lida yozishni o’rgating. O’ng qo’lda yozish chap miya sharini, chap qo’lda yozish o’ng miya sharini rivojlantiradi.
Birdaniga ikkita qo’lini ishlatishi kerak bo’ladigan mashg’ulotlar ham miyani yaxshi rivojlantiradi. Chaqaloqlar emaklaganida ikkita qo’l birdan ishtirok etadi. Demak, emaklash ham nihoyatda foydalidir.
Yangi odatni shakllantirish uchun uni 8 marta qaytarish kerak. Eski odatni yangi odat bn almashtirish uchun yangi odatni 20-28 marta qaytarish kerak.
Salbiy ta’sirlangan miya qismlarini rivojlantirish uchun “Sensory integration theraphy”, “Brain Gym” kabi terapiyalardan foydalansa bo’ladi.
👆Bola psihologiyasini o’rganing
Bolani doim quchoqlab, yaqin kontaktda bo’lish bola psihologiyasi, jismoniy rivojlanishi, emotsional holati uchun juda muhim.
👆Jismoniy aktivlik va toza havo bola salomatligi uchun juda muhim
Toza havo va harakat miya salomatligi uchun o’ta muhim. Demak, bola toza havoda tez-tez o’ynab turishi bola salomatligi uchun foydalidir.
👆Qo’shimcha umumiy maslahatlar
Bolani kuniga bir necha marta quchoqlang. Qiziqishlariga ahamiyat bering, unga qiziq mavzularda suhbatlashing. Sifatli xom sut ichiring, sifatli baliq jigari yog’i yoki kril yog’i berib turing. Toza (ftorsiz) suv ichiring. Magniy yog’ini teriga sepib turing. Magniyga boy ozuqalar iste’mol qilishiga ahamiyat bering.
Maqolaning birinchi qismi: ADHD – Diqqatni Jamlay Olmaslik Sindromi Belgilari va Simptomlari
Davomi: ADHD – Diqqatni Jamlay Olmaslik Sindromini Tuzatish uchun Ovqatlanish Dasturi