ADHD – Diqqatni Jamlay Olmaslik Sindromi (Belgilar va Simptomlar) I

Share

Hozirgi kunda Diqqatni jamlay olmaslik sindromi (ADHD) bolalarga qo’yiladigan juda keng tarqalgan tashhislardan biri hisoblanadi. ADHD simptomlari (belgilari) tahminan 3 yoshlarda bilinadi.

Bolada ADHD simptomlari borligini qanday aniqlash mumkin?

 

Chaqaloqlarda ADHD simptomplari:

  • Uzoq yig’lash va chinqirishlarning odatiy bo’lishi
  • So’lak miqdori juda ko’p bo’lishi va ko’p chanqashi
  • Juda kam uhlashi yoki uhlatish juda qiyin bo’lishi

1-5 yoshli bolalarda ADHD simptomlari:

  • Sal narsaga yig’lab yuborishi
  • Sal narsaga juda hursand bo’lib ketishi
  • Diqqatni bitta narsada bir necha soniyadan ortiq jamlay olmasligi
  • Doim yugurib yurishi va hamma narsaga osilib chiqib ketaverishi
  • Mebel va devorlarga juda ko’p urilib ketaverishi mumkin.

Maktab yoshlarida simptomlar ko’payishi mumkin:

  • Osonlikcha chalg’ib ketadi
  • Uy vazifalarni (topshiriqlarni) yozib olishni unutadi
  • Talab va iltimoslarni bajarmaydi (bajara olmaydi)
  • O’yinlarni uzoq o’ynay olmaydi
  • Ovqatlanayotganda yeb bo’lguncha bir joyda o’tira olmaydi
  • Bir hikoyani ohirigacha eshita olmaydi
  • Kechasi uyg’onib ketaveradi
  • Yo’llanma va ko’rsatmalarni qabul qilishi qiyin bo’ladi
  • Bir ishni qilishdan oldin o’ylab ko’rmaydi
  • O’yinlarda o’z galini kutishda qiynaladi
  • Boshqa bolalarda o’ziga yoqib qolgan o’yinchoq korsa, tortib olishga harakat qiladi
  • Hafa bo’lganida boshqalarni urib yuborishi mumkin

O’rta yoshlarda ADHD simptomlari:

  • Topshiriqlarni boshlab olish va tugatishda qiynalishadi
  • Bir ishdan ikkinchi ishga o’tishda qiynalishadi
  • Boshqalar bilan munosabat o’rnatishi qiyin bo’ladi
  • Yangi fikrlarga yoki narsalarga tez chalg’ib, bajarayotgan ishini ohirigacha yetkaza olmasligi mumkin.
  • Ishlarini oldindan rejalashtirish ularga qiyin bo’lishi mumkin
  • Bir narsada uzoq vaqt diqqatini jamlay olmaydi

Katta yoshlarda quyidagi simptomlar qo’shilishi mumkin:

  • Tez charchash
  • Kamquvvatlik
  • Mushaklar zaifligi
  • Agressiya (jahldorlik)
  • To’htamasdan gapirish
  • Ovozning balandlashuvi
  • Badan og’riqlari
  • Ishtahaning yo’qolishi
  • Asabiylik
  • Depressiya
  • Kayfiyatning juda tez o’zgarib turishi
  • Uyquda tagini ho’llash
  • Bo’yin bezlarining shishishi
  • Quloqlarda jaranglash paydo bo’lishi
  • Juda ko’p terlash
  • O’z sochini yulish va tortish

Shuni e’tiborga olish zarurki, ADHD simptomlari mavjud bo’lgan bolalar intellekti normal yoki yuqori bo’ladi, ammo ular o’zini boshqara olmasliklari natijasida maktabda qiynalishadi va past baholar olishi mumkin. Ular fanlarni o’zlashtirishda va atrofdagilar bilan chiqishib ketishda qiynalishadi.

Bolalar tabiiy ravishda serharakat bo’lishadi va ko’pincha bir joyda o’tira olishmaydi. Bu ularda doim ham Diqqatni jamlay olmaslik sindromi borligini bildirmaydi, ammo belgilar yaqqol bo’lsa va tez-tez takrorlansa bu muammoga yaqindan e’tibor berib, bolaga yordam berish kerak bo’ladi. ADHDni tabiiy yo’llar bilan tuzatsa bo’ladi.

Davomi: ADHD – Diqqatni Jamlay Olmaslik Sindromi (Tuzatish va Oldini Olish) II

 

 

Facebooktwittergoogle_plusredditpinterestlinkedinmail

One Comment:

  1. Pingback: ADHD - Diqqatni Jamlay Olmaslik Sindromini Tuzatish va Oldini Olish - "UzShifo.Info" - Sog'lom Yashash Tarzi Sirlari

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *