UYDAN ISHLASH IMKONIYATINI BERUVCHI KASBLAR

Share

Uydan ishlash imkoniyatini beruvchi kasblarning bir talay qulayliklari mavjud. Bu ko’proq ayol-qizlar uchun qiziq mavzu hisoblanadi, ammo bu kasblar ayol kishilar uchun ham erkak kishilar uchun ham to’gri kelaveradi.

Onalik eng muhim va sharafli kasblardan biri bo’lib, har kuni 24 soat ishlaysiz, bir talay kundalik vazifalarni bajarasiz, ta’til olmaysiz, ish haqqi esa jajji mittivoyning shirin tabassumi bo’ladi. Avvalo, bu bahtga barcha ayol-qizlarni musharraf qilsin va barchamizga yaxshi ona bo’lishni nasib qilsin.

Muammo shundaki, hamma ham uyda uzoq vaqt onalik gashtini surish sharoitiga ega bo’lavermaydi. Bunday holatda uyda ishlash imkoniyatini beruvchi kasblar qulay yechimlardan bo’lishi mumkin.

working-mom-cartoon

 Uyda ishlash yoki kunning bir qismida ishlash imkoniyatini beruvchi ayrim kasblar:

  1. Tarjimonlik. Bittadan ortiq tilni mukammal bilish uyda hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlarni tarjima qilish imkoniyatini beradi.
  2. Web dasturchi/web-dizayner. Hozirgi davrda web dasturlash ancha taraqqiy etgan va talab ko’p bo’lgan kasblardan biri hisoblanadi. Web dasturchining asosiy vazifasi websayt yaratish va uning dizayni ustida ishlashdir. Web dasturchi ega bo’lishi lozim bo’lgan mahoratlar: dizayn (rang, animatsiya, tekst, rasmlar bilan ishlash), imloviy xatolarsiz yozma nutqga ega bo’lish (xatosiz yozish), marketing (mijozlarni jalb qila olish), grafik dizayn (Photoshop, Illustrator va boshqalar), kompyuter dasturlash tillarini bilish (kamida HTML va JavaScript).
  3. Muallimlik/Repetitorlik. Uyda o’zingiz mukammal bilgan fandan repetitorlik qilishingiz mumkin.
  4. Buyurtmaga pishiriq yoki ovqat pishirish.
  5. Bola qarovchisi.  Bolalarni yaxshi ko’rsangiz, uyda bolalarga g’amho’rlik qilish kasbini tanlashingiz mumkin. Bunda ularni o’yin orqali rivojlantirish, toza havoga olib chiqib chiniqtirish, bolalarning havfsizligini ta’minlash kabi vazifalarga ega bo’lasiz.
  6. Konsultant (Konsalting). O’z sohangizda professional bo’lsangiz, shu soha ikir-chikirlarini boshqalarga uy sharoitida o’rgatishingiz mumkin bo’ladi.
  7. Tikuvchilik. 
  8. To’quvchilik.
  9. Qo’lbola buyumlar yasash va ularni Etsy, 1000 Markets, Art Fire, CraftStar, Folksy yoki boshqa saytlarda sotish. Qo’lbola buyumlarga misollar: uy sharoitida tayyorlangan sham, sumka, yuvelir anjomlari, sovun va boshqalar.
  10. Elektron kitob yaratish va uni o’z web sahifangizda, Amazon yoki boshqa saytlarda sotishingiz mumkin.
  11. Grafik Dizayner. Grafik dizaynerlar yaratadigan ayrim mahsulotlar: poster, jurnallardagi reklama, web-sayt, biznes logo, taklifnoma, tabriknoma va boshqalar.
  12. Sartaroshlik. 
  13. Uy tozalab berish. 
  14. Illyustratorlik. Illyustrator bajarishi mumkin bo’lgan ayrim vazifalar: bolalar kitoblari uchun rasmlar chizib berish, diagrammalar yaratish, moda dizaynlarini chizish, reklama yoki mahsulot qadoqlarini yaratish.
  15. Fotograflik.
  16. Ko’chmas mulk agenti mijozlarga uy sotib olish va sotishda yordam beradi.
  17. Dastur Tuzuvchi (Programmist).
  18. Frilanserlik. Frilanserlar buyurtma asosida turli mavzularda blog yoki boshqa maqolalar yozadilar.
  19. Muharrirlik. Muharrir maqolalarning xatolarini to’g’rilash kabi ishlarni bajaradi.
  20. Hisobchilik (buhgalter). Hisobchilik ishlarini uyda ham bajarsa bo’ladi, bu siz ishga kirmoqchi bo’lgan kompaniya shartlariga ham bog’liq.
  21. Tadbir rejalashtiruvchisi. 
  22. Uy sotilishidan oldin uyni saranjomlab tayyorlab beruvchi. 

Siz uydan ishlash yoki kunning bir qismida ishlab daromad topishning qanday sinalgan usullarini bilasiz?

uydan ishlash imkoniyatli kasblar

Facebooktwittergoogle_plusredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *