SOTUVDAGI KEFIR BILAN UY SHAROITIDA TAYYORLANGAN KEFIRNING FARQI BORMI?

Share

kefir uskunalariUyda kefir tayyorlay olmasangiz, sotuvdagi kefirga kraxmal va boshqa shu kabi qo’shimcha moddalar qo’shilmagani va pasterizatsiya qilinmaganiga ahamiyat bering.

Kefir tayyorlashda sutning sifatiga ham ahamiyat berish lozim. Sifatli manbadan olingan, lekin pasterizatsiya qilingan sutdan kefir tayyorlasa bo’ladi, ammo ultra-pasterizatsiya va gomogenizatsiya qilingan sutdan yaxshi kefir chiqmaydi.

Uy kefirida sotuvdagi kefirdan ko’ra naq 7 baravar ko’p foydali bakteriyalar (probiotik) mavjud. Kefir upasidan tayyorlangan sotuvdagi kefirda 7-9 tur probiotik mavjud bo’lsa, uy kefirida 50 hil turdagi probiotik mavjud bo’ladi.

Uyda kefir tayyorlashning afzalliklari:

  • Pul tejaladi. Kefir donlari bilan uyda istagan miqdorda kefir tayyorlay olasiz, do’kondan esa ma’lum miqdordagina va kamida ikki baravar qimmat narhga kefir olishingiz mumkin.
  • Chiqindilar kamroq bo’ladi. Kefir plastik idishda bo’lsa, o’sha idish yaqin orada ahlatga ketadi. Bu esa atrof-muhitning ifloslanishiga bir hissa bo’ladi. Plastik yuz yillab buzilmasdan ahlat sifatida turaveradi. Atrof-muhitdagi ifloslanishlar sizga ham, farzandlaringizga ham ta’sir ko’rsatishi haqiqatdan yiroq emas.
  • Plastikdagi toksinlardan uzoq bo’lasiz. Plastikdan BPA va boshqa hali bizga ma’lum va no’malum toksik moddalar ajralishidan xabaringiz bo’lsa kerak. Uyda kefir tayyorlash bunday toksinlardan uzoqroq bo’lishga bir qadam bo’ladi.
  • Kefir donlari o’z-o’zidan ko’payadi. Bu degani, kefir tayyorlash uchun sizga faqat sut kerak. Kefir donlari qolgan ishni bajarishadi. Kefir donlarini muntazam ravishda sotib olishingizga hojat yo’q, sababi ular o’zidan o’zi ko’payadi, kamaymaydi.
  • Sigir sutiga allergiyangiz bormi? Buning ham yechimi bor. Kefir donlari nafaqat sigir sutidan, balki boshqa sutlarni ham fermentlaydi. Masalan, echki suti, qo’y suti, kokos suti, bodom suti kabilar.
  • Keraksiz qo’shimcha moddalardan xoli bo’lasiz. Sotuvdagi kefirga quyuqlashtiruvchilar va boshqa keraksiz va ba’zan zararli qo’shimcha moddalar qo’shilishi mumkin.
  • Ishlatiladigan sutni o’zingiz tanlaysiz. Sotuvdagi kefir uchun qanday sifatdagi sut ishlatilgani bizga no’malum. Uyda tayyorlasangiz, ishlatiladigan sutni o’zingiz tanlaysiz.
  • Uy kefirida naq 7 baravar ko’p foydali bakteriyalar, ya’ni probiotik mavjud. Sababi, saqlash osonligi va konstitentsiya afzalliklari uchun do’kon kefiri kefir donlaridan emas, ko’pincha kefir upasi yordamida tayyorlanadi. Kefir upasidan tayyorlangan kefirda 7-9 tur probiotik mavjud bo’lsa, uy kefirida 50 hil turdagi probiotik, ya’ni foydali bakteriyalar mavjud bo’ladi. Bu degani, uy kefiri sog’liq uchun foydaliroq.
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

2 Comments:

  1. Assalom aleykum menga kefir donlari kerak qayerdan olsam buladi iloji busa topib berolmaysizmi iltimos

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *