OQ GURUCH ZARARLIMI?

Share

Oq guruch zararli emas, ammo uning iste’molida ham me’yor muhim. Oq guruch iste’moli me’yordan oshsa, organizmda vitamin va minerallar tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.

Quyida oq guruch iste’moli borasida Doktor Ramiel Nagelning tavsiyalarini ko’rib chiqamiz.

Oq guruch yaxshimi yoki jigarrang guruch?

Jigarrang guruchga to’g’ri ishlov berilmasdan pishirilib iste’mol qilinsa, bunday guruch organizmdan kerakli minerallarni yuvib chiqarishi aniqlangan. Bu jigarrang guruchda mavjud bo’lgan katta miqdordagi fitin kislotasi va boshqa anti-ozuqaviy moddalar hisobiga sodir bo’ladi. Fitin kislotasi deyarli barcha don mahsulotlari, yong’oq va urug’larda mavjud. Ularni iste’mol qilishdan oldin bunday moddalarni neytrallash va kamaytirish tavsiya qilinadi. Bunga ivitish, undirish yoki fermentlash orqali erishiladi.

Oldingi zamonda don-dunlar yig’ilguncha ochiq havoda bir necha kun qolib ketgan. Orada yomg’ir yog’ib, donlarni nam qilib, quyosh chiqib yana quritgan. Hosil o’rib bo’lingach, saqlash uchun yig’ilgan. So’ngra, don-dun iste’mol qilinishidan oldin uzoq fermentlanish jarayonidan o’tkazilgan. Ba’zi taomlar 1-14 kungacha ham fermentlangan.

oq va jigarrang guruch

Jigarrang guruchni uzoq ivitib, biroz undirib, fermentlab, so’ng iste’mol qilish uzoq jarayondek ko’rinishi mumkin. Aslida ham shunday, ammo bu don-dunlarga eng to’gri ishlov berish yo’li hisoblanadi.

Oq guruchda fitin kislotasi va boshqa anti-ozuqaviy moddalar miqdori juda kam. To’g’ri, oq guruchda foydali moddalar ham ko’p emas. Oq guruch asosan kraxmaldan tashkil topgan. Ammo noto’g’ri ishlov berilgan jigarrang guruch ham organizmni boyitmaydi, aksincha organizmdan “o’girlaydi”, natijada organizmda vitamin-mineral tanqisligi yuzaga keladi. Bu esa tishlarning buzilishiga va boshqa muammolarga olib keladi.

Demak, jigarrang guruch o’rniga oq guruchni me’yorda va ozuqaga boy mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish yaxshiroq hisoblanadi. Asosiysi, guruch miqdorini ko’paytirib yubormaslik. 

Oq guruch organizmda vitamin va mineral tanqisligini yuzaga keltiradimi?

Ovqatlanish tarzida oq guruch katta qismni egallasa, B1 (tiamin) vitamini defitsitini vujudga kelishi mumkin. Shu sababli, oq guruchni ozuqaga boy mahsulotlar bilan birga va kam miqdorda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Oq guruch energiya manbai hisoblanib, oson hazm bo’ladi. Ammo oq guruch ovqatlanish tarzida katta miqdorni tashkil qilsa, organizmda boshqa minerallar tanqisligi ham yuzaga kelishi mumkin. Bunga sabab oq guruch vitamin va minerallarga boy emasligidadir. Bu o’z navbatida boshqa muammolarga olib kelishi mumkin (tish kariyesi, suyak muammolari, organlar hastalanishi va boshqalar).

Oq guruchda margimush (arsenic) miqdori qancha?

Margimush bu tabiatda uchraydigan element turidir. Oziq-ovqatda margimush miqdori ko’p bo’lsa jiddiy sog’liq muammolariga olib kelishi mumkin.

Guruchda margimush mavjudmi?

Guruchda margimush miqdori yuqori bo’lishi mumkinligi sabablari bir nechta: yer sifati, guruch ekishdan oldin yerga margimushli pestitsid va dorilar sepilgani va boshqalardir. Guruch esa yerdan moddalarni shimib olish hususiyatiga ega.

Margimush odatda guruchning qobig’ida ko’p bo’ladi. Shu sababli, jigarrang guruchda margimush miqdori oq guruchga nisbatan bir necha baravar ko’p bo’ladi. Oq guruchning tashqi qobig’i olib tashlangani sababli, bu miqdor nisbatan kamroq bo’ishi mumkin.

Guruch harid qilayotganingizda uning qayerda o’stirilganiga ham ahamiyat berish tavsiya qilinadi. Organik yoki bio oq guruch tanlaganingiz havfsizroq hisoblanadi.

Guruchni nimalar bilan birga iste’mol qilish foydali?

Doktor R.Nagel guruchda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zi toksinlarni neytrallash uchun guruchni vitamin C ga boy mahsulotlar, yog’da eruvchi vitaminlarga boy ozuqalar, dengiz mahsulotlari, nordon meva, sabzavotlar va/yoki go’sht bilan birga iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Guruchni pishirayotganda suv o’rniga suyak sho’rvasi qo’shish va uni foydali yog’lar bilan boyitish pishgan guruchning ozuqaviy qiymatini ancha oshiradi.

Guruchni shakar bilan iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Demak, oq guruchni quyidagi mahsulotlar bilan birga iste’mol qilish foydali hisoblanadi:

  • Vitamin C ga boy mahsulotlar: limonli salat, nordon mevalar,  ko’katlar, sabzavotlar va boshqalar.
  • Yog’da eruvchi vitaminlarga (A, D, E, K) boy ozuqalar: sariq saryog’, tuxum sarig’i, jigar va boshqalar.
  • Dengiz mahsulotlari: baliq, baliq jigari, baliq jigari yog’i.
  • Yaylovda boqilgan hayvon go’shti va organlari.
  • Foydali yog’lar: isitilmagan zaytun yog’i, isitilmagan zig’ir yog’i, yong’oq yog’i, tuxum sarig’i, avokado, kokos yog’i, saryog’, suyak iligi, dumba va boshqalar.

Xulosa qismida shuni aytish kerakki, doktor va stomatolog Ramiel Nagel oq guruchni iste’mol qilishga undamaydi, ammo oq guruchni jigarrang guruchdan afzal deb hisoblaydi. Bunda u oq guruchni albatta boshqa ozuqalarga va foydali yog’larga boy mahsulotlar bilan birga iste’mol qilishni qattiq tavsiya qiladi.

 

Facebooktwittergoogle_plusredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

avatar
  Subscribe  
Notify of