Gidrogenlashtirilgan yog’lar (margarin) nima?
Eng arzon, sifati pastroq o’simlik yog’lariga mayda metal parchalari (odatda nikel oksidi) qo’shiladi. So’ng bu nikel katalizatorli yog’ yuqori bosimda baland haroratda vodorod gazi bilan ishlov beriladi. Hosil bo’lgan moddaga sovunsifat emulgatorlar, krahmal qo’shiladi va yoqimsiz hidni yo’qotish uchun yana juda baland haroratda ishlov beriladi. Hosil bo’lgan margarin kul rangda bo’ladi. Endi unga oqartiruvchi bilan ishlov berilib, saryog’ga o’xshashi uchun ranglar va sun’iy hidlar qo’shiladi.
Gidrogenizatsiya jarayonida kimyoviy o’zgarishlar ro’y berib, trans yog’lar hosil bo’ladi. Trans yog’lar toksik yog’lar hisoblanadi, lekin afsuski organizm ularni chiqarib tashlash o’rniga hujayralar membranasiga joylaydi va natijada o’sha hujayralar qisman gidrogenlashadi.
Gidrogenlashtirilgan yog’larni (margarin) iste’mol qilish ateroskleroz, diabet, semizlik, jinsiy muammolar, immunitet disfunktsiyasi, qorindagi chaqaloqning no’tog’ri rivojlanishi, emizishda muammolar, bepushtlik, suyak va ko’z muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramasdan hozirgi kunda margarin keng iste’mol qilinmoqda. Bunga sabab ommaviy reklamalarning ongimizga singdirgan g’oyasi bo’lsa ajab emas.
Margarinni iste’molimizdan chiqarib, farzandlarimiz va o’z sog’lig’imizni muhofaza qilishimiz muhim.
Margarinning arzoni ham qimmati ham birdek zararli. Aldanib qolmang.
Manba: “Nourishing Traditions” Sally Fallon