HOMILADOR AYOLLAR UCHUN KUNDALIK MUHIM TAVSIYALAR

Share

screen-shot-2013-06-13-at-3-01-22-pmHomiladorlik ayol kishi uchun eng bahtli va eng mas’uliyatli davrdir. Bu davrning ko’ngildagidek o’tishi uchun ba’zi qoidalarga amal qilish kifoya.

Har kuni iste’mol qilinishi lozim bo’lgan ozuqalar va amal qilinishi tavsiya qilingan qoidalar quyidagicha:

1. OQSIL: Har kuni tahminan 70-80 gramm oqsil iste’mol qilishga harakat qiling.

Yetarli oqsil iste’mol qilish homiladorlikning umumiy oson o’tishiga, toksikozning kamayishiga yordam beradi.

Misol uchun, 30 gr pishloqda tahminan 7 gr oqsil, 1 stakan pishirilgan yasmiqda 18 gr oqsil, yarimta tovuq ko’ksida 27 gr osqil, 90 gr baliqda 23 gr oqsil, 100 gr pishgan brokkolida 2.4 gr oqsil, 1 stakan pishgan marjumakda (grechkada) 5.7 gr oqsil, 1ta katta tuxumda 6.3 gr oqsil mavjud.

2. FOYDALI YOG’LAR: go’sht, saryog’, sovuq usulda siqilgan zaytun yog’i, kokos yog’i, yong’oqlar, qaymoq, ba’zi urug’lar, tuxum sarig’i va hokazo.

Foydali yog’lar iste’moli chaqaloqning barcha organlari va miyasining sog’lom shakllanishi uchun muhim.

3. SABZAVOTLAR va MEVALAR, ayniqsa to’q yashil sabzavot va ko’katlar.

4. SUV: kuniga tahminan 8 stakan toza suv iching. Bu miqdorga choy, sho’rva yoki boshqa suyuqliklar kirmaydi.

Doim yoningizda toza suv solingan shisha yo’ki po’lat idish ko’tarib yursangiz, doim chanqog’ingizni bosib turish va suv ichishni unutmaslik uchun ko’mak bo’ladi.

Muntazam ravishda toza suv ichib yurish amniotik suyuqlikning tozaligi, tananing toksinlardan vaqtida tozalanib turishi, toksikozni kamaytirish, onada ich qotishining oldini olish, ona va bolada suvsizlikning oldini olishda hizmat qiladi.

5. QUYOSH: yetarlicha quyoshda sayr qilish ona va bola organizmnini tabiiy Vitamin D3 bilan boyitadi.

Vitamin D3 organizmning umumiy faoliyati uchun juda muhim. Hech qaysi sintetik vitamin D butunlay quyosh o’rnini bosa olmaydi. Quyoshdan olingan vitamin D3ning dozasi ham oshib ketmaydi.

Bu vitaminning terida hosil bo’lishi uchun ham juda ko’p vaqt talab etilmaydi. Quyosh nurlari qo’l va yuzga tegib tursa kifoya. Buning uchun har kuni tahminan 10-30 daqiqa yetarli. Vitamin D uchun eng yaxshi sayr vaqti bu 11-15:00 oralig’idir.

Quyosh vitaminini deraza shisha oynalari orqali ola olmaysiz, chunki shisha faqat zararli UVA nurlarni o’tkazib, foydali UVB nurlarini o’tkazmaydi. Shuning uchun quyoshli kunda muntazam sayr qilishni kanda qilmang.

6. TOZA HAVO: ona va bolaning muntazam ravishda yetarlicha toza havo (kislorod) bilan to’yinishi ham umumiy sog’liq uchun ahamiyatli.

7. YENGIL JISMONIY TARBIYA: tos suyagini tug’ish jarayoniga tayyorlab borish uchun mahsus mashqlarni muntazam bajarib turish ona uchun foydali va tug’ishning osonlashishida katta yordam beradi.

Tos suyagi muskullari (orqa muskul) kuchli bo’lsa tug’ish jarayoni shuncha osonlashadi. Homiladorlikda eng samarali mashqlardan biri bu skatting (squatting) mashqidir. Eng asosiysi birdaniga ko’p shug’ullanib organizmni charchatish emas, ozgina mashqlar bilan boshlab organizm ko’nikmasiga qarab sekin mashqlarni ko’paytirishdir. Me’yorni unutmang, biz sport musobaqasiga tayyorlanayotganimiz yo’q. Organizm chidamliligini sekin asta oshirib shug’ullanganda mashqlardan so’ng ortiqcha charchash sezilmaydi.

Uzoq harakasizlikdan va haddan ortiq zo’riqishdan saqlaning. Uzoq harakatsizlik gipoksiya, turli og’riqlarni keltirib chiqarish ehtimolini paydo qiladi.

8. YETARLI UYQU: uyquga qonib uhlash muhim. Uyquga to’ymayotgan bo’lsangiz, tush payti biroz mizg’ib olishga harakat qiling, kechki payt vaqtliroq ishlaringizni tugatib uhlashga yoting.

Homiladorlikda doimiy uyquga to’ymaslik qon bosiming oshishiga va immunitetning tushishiga olib kelishi mumkin. Tong payti charchoq bilan uyg’onsangiz, demak uyquga qonmayapsiz.

Uyquga qonish uchun yordam beruvchi umumiy qoidalar:

  • Rejimga amal qiling (har kuni bir vaqtda yotib, bir vaqtda uyg’onish),
  • Kechki payt vaqtliroq uhlashga yoting,
  • Uhlash vaqtiga 2 soat qolganda suyuqlik ichmaslik kechasi hojatxonaga ko’p qatnash ehtimolini kamaytiradi,
  • Uyqudan oldin don mahsulotlari va shirinliklar aslo iste’mol qilmang (bunday qilish uyqu sifatini buzadi),
  • Yotoqxonaning iloji boricha qorong’u bo’lishi uyqu davomida organizm tomonidan melatonin va serotoninlarning me’yorda va normal ishlab chiqarilishida juda muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun yotoqxonadagi kechki lampalar, elektronikalarni o’chiring, hatto soatdan taraluvchi nurlar kabi omillarni ham bartaraf eting.
  • Uyqu payti oyoq sovuq yeb uyg’onib ketish holatlari sizda mavjud bo’lsa, buning oldini olish uchun oyoqni issiq tuting, masalan paypoq kiyib uxlang. Oyoq sovuq yemasa, albatta paypoqsiz uxlagan yaxshi.
  • Yotoqxonadagi umumiy harorat 21 C dan oshmasligiga ahamiyat bering.
  • Qulay uhlash uchun oyoq orasi, bel tomonga yumshoq yastiq qo’yib uhlang. Yon tomonga qarab uhlash tavsiya qilinadi.

9. ZARARLI KIMYOVIY MODDALARDAN UZOQ BO’LING.

Tadqiqotlardan birida yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigidan 200dan ortiq kundalik kimyoviy toksik moddalar aniqlangan va bu albatta achinarli. Kimyoviy moddalardan uzoq bo’lishga harakat qilish bunday holatning oldini olishda yordam beradi.

Uy tozalashda ishlatayotgan kukun va suyuqliklaringiz havfsizmi? Kosmetika vositalarichi?

Mahsulot sotuvda bo’lsa demak u bezarar degan tushuncha noto’gri. Qimmat vositalar ham doim bezarar bo’lavermaydi. Ularning bezararlari ham bor, lekin ko’pchilik qismi toksik hususiyatlarga ega. Ularning turi ko’p. Teriga surtilgan narsalar ham qonga singadi, shu sababli kosmetik va tana parvarishi vositalarini tanlashda sinchkov bo’ling.

Eng havflilari: xlorli eritmalar, gilam tozalash vositalari, aerozollar, shirin hid taratish uchun mo’ljallangan spreylar, bo’yoq erituvchilar, hasharot o’ldirish vositalari, sun’iy hidlar (atir, sprey, parfum), deraza tozalovchi vositalar, hojatxona tozalovchi vositalar va hokazo.

Ishlatishingiz mumkin bo’lgan eng havfsiz tozalovchi vositalardan ayrimlari: suv, kir sovun yoki boshqa tabiiy sovun, osh sodasi, limon suvi, distillangan sirka (iste’mol uchun emas), castile sovunlari, tuz, xantal va boshqalar.

Hid uchun tabiiy efir yog’laridan tayyorlangan atirlardan yoki efir yog’larining o’zidan foydalaning. Shunda ham efir yog’larining hammasi ham homiladorlar uchun havfsiz emas, havfsizlarini esa ehtiyot choralariga amal qilib ishlatish kerak (30 gr oddiy hidsiz yog’ga 1 tomchi efir yog’i miqdorida aralashtiriladi).

Homiladorlikda havfsiz efir yog’lari: lavanda, moychechak, ylang-ylang, mandarin, yalpiz, ladan (frankincense), qora murch, evkalipt, choy daraxti yog’i (to’lg’oq paytida emas), bergamot va sarv efir yog’lari.

Dorilangan meva-cheva iste’mol qilmaslikka ham harakat qiling. Kosmetik vositalardan eng havfsizini tanlang yoki minimallashtiring. Sun’iy soch bo’yoqlaridagi ba’zi kimyoviy moddalar havfsiz emasligini hisobga olganda, ulardan ham chetlanganingiz ma’qul.

Homiladorlik va emizikli paytidagi to’g’ri ovqatlanish tartibi haqida ushbu maqolada o’qishingiz mumkin: HOMILADOR VA EMIZIKLI AYOLLAR QANDAY OZIQLANISHLARI LOZIM?

Manba(lar):
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *