YURAK KASALLIKLARINI TO’G’RI OZIQLANISH YORDAMIDA BARTARAF QILISH YO’LLARI

Share

Hozirgi paytda yurak kasalliklari juda keng tarqalgan hastalikdir. Deyarli har uchta katta yoshlilardan bittasi yurak kasalliklaridan aziyat chekadi va ularning 30% qismi o’zlari bundan xabardor emas.  Yurak kasalliklarini bartaraf qilish mumkinmi?

Yurak kasalliklariga quyidagilar kiradi:

  • Yuqori qon bosimi
  • Koronar yurak kasalliklari
  • Miokard infarkti
  • Angina pektoris (ko’krak sanchiqlari)
  • Insult

Normal qon bosimi 120/80 hisoblanib, qon bosimi 140/90 dan oshsa, bu yuqori qon bosimi hisoblanadi.

YUQORI QON BOSIMINI NORMALLASHTIRISHNING  TABIIY USULLARI

  1. Doim yangi bodring yoki bodring suvi iste’mol qilish qon bosimini me’yorga keltirishda katta yordam beradi. Bodringni doim iste’mol qilishda uni salatlarga qo’shish mumkin. Har kuni pishirilmagan bodring, brokkoli va seldrdan salat qilish tavsiya qilinadi. Bu salatga yong’oq yoki urug’lar qo’shsangiz juda to’yimli va foydali ovqatga aylanadi. Salatga sous sifatida sovuq uslubda siqilgan zaytun yog’i, tabiiy(!!) olma sirkasi, mineral suv, biroz asal, biroz zanjabil va murch qo’shsa bo’ladi.
  2. Kuningizni doim yangi siqilgan limon yoki greypfrut suvi, toza isitilmagan asal va toza suv aralashmasi bilan boshlang.
  3. Kundalik taomnomangizga bodomni ham kiriting. Bodom yurak kasalliklarining oldini olishda yordam beradi. Bodomni iste’mol qilishdan oldin bir necha soat suvda ivitish tavsiya qilinadi.
  4. Qon bosimini normallashtirishda tabiiy olma sirkasi ham juda foydalidir. E’tibor qilish muhim bo’lgan jihat shuki, sotuvdagi oddiy distillangan sirkaga olma aromatizatori qo’shib olma sirkasi deb nomlab qo’yilgan sirka iste’mol uchun yaroqli emas. Bunday qalbaki olma sirkasi sog’liqqa foyda emas ziyon keltiradi. Shu sababli, olma sirkasi tabiiy ekanligiga to’liq ishonch hosil qilib so’ngra iste’mol qilish juda ham muhim. Bunda olma sirkasi filtrlanmagan, pasterizatsiya qilinmagan, isitilmagan ekanligiga ishonch hosil qiling.
  5. Tabiiy, isitilmagan va shakar aralashtirilmagan asal ham yurak salomatligi uchun juda shifobaxshdir. Tabiiy asal yurak muskullarini quvvatlantiradi va qon aylanishini yaxshilaydi va infarktdan himoya qiladi. Dolchin va asalni aralashtirib, nonushta payti non bilan yoki iliq choy bilan iste’mol qilib turish ham yurak muammolarini kamaytirishda va infarktning oldini olishda yordam beradi. Diqqat: qonni suyultiruvchi dorilar iste’mol qilgan paytda dolchin iste’mol qilishda ehtiyot bo’ling, sababi dolchin ham qonni suyultiradi. 
  6. 2 osh qoshiq tabiiy asal va 3 choy qoshiq dolchinni 2 stakan suv bilan aralashtirib ichilsa qon bosimini tushirishda yordam beradi.

YURAK SALOMATLIGINI TA’MINLASH VA YURAK SOG’LIG’INI TIKLASH UCHUN QANDAY OVQATLANISH MUHIM? 

Diqqat! Bu maslahatlar sizni o’ylantirib qo’yishi, ikkilantirishi va hayron qoldirishi mumkin. Bizning zamonda xolesteringa boy mahsulotlar va to’yingan yog’lar yurak salomatligi uchun zararli deb targ’ib qilinadi. Aslida ham shundaymi? Yo’q. Ko’p tadqiqotlar buning teskarisini isbotlaydi. Xolesteringa boy tabiiy mahsulotlar va to’yingan yog’lar yurak salomatligi uchun nihoyatda muhimdir!

Jahon tan olgan doktor, yog’lar va diyetalar bo’yicha ekspert Mary Enigning xulosalaridan parcha: “Yurak kasalliklarining sababi hayvon yog’lari va xolesterin emas. Yurak kasalliklarining asosiy sabablari o’simlik yog’larining hamda gidrogenlashtirilgan yog’larning, rafinadlangan uglevodlarning (shakar va oq unning) haddan ortiq ko’p iste’mol qilinishidir. Yurak kasalliklariga yana minerallar tanqisligi, ayniqsa magniy va yod tanqisligi; vitaminlar tanqisligi, ayniqsa vitamin C tanqisligi; antioksidantlar tanqisligi, ayniqsa selen va Vitamin E tanqisligi; eng muhimi, antimikrobik hususiyatga ega bo’lgan hayvon yog’lari va tropik yog’larning iste’mol qilinmasligi sababchilardir. Yurak salomatligini tiklash uchun xolesterinni kamaytirish emas, balki vitamin B6 va B6ga boy ozuqalarni iste’mol qilish, vitamin va minerallar tanqisligining oldini olish, antimikrobik hususiyatli yog’larni (masalan, isitilmagan saryog’, kokos yog’i) iste’mol qilish, oq un iste’molini keskin cheklash, shakardan voz kechish, rafinadlangan o’simlik yog’lari va qizdirilganda tarkibi yomon tomonga o’zgaradigan o’simlik yog’laridan voz kechish kerak.”

Bu haqida batafsil bu yerda o’qing: YURAK KASALLIKLARING HAQIQIY SABABLARI NIMADA?

YURAK SALOMATLIGI UCHUN FOYDALI OZUQALAR VA HAYOT TARZI 

Yurak salomatligi uchun foydali ozuqalar va foydali odatlar quyidagilardir.

1. To’yingan yog’lar.

To’yingan yog’larga ayrim misollar:

  • Kokos yog’i. Bu yog’ issiqlikka nihoyatda chidamlidir. Bu degani ovqat qilishda ishlatilganda issiqlik kokos yog’ining tarkibini buzmaydi. Kokos yog’i sovuq paytda qattiq holatda va issiq haroratda suyuq holatda bo’ladi. Bu yog’ miya uchun, yurak uchun va umumiy organizm uchun juda foydalidir.
  • Rafinadlanmagan palma yog’i. Aynan shunday. Rafinadlanmagan palma yog’i ham yurak uchun foydali. (Jamiyatimizda rafinadlangan o’simlik yog’larini bezarar hisoblashadi, ammo palma yog’idan juda qo’rqishadi. Bu juda taajjubga soluvchi holatdir.).
  • Qizdirilmagan Saryog’. Faqat (yoki asosan) yashillik bilan boqilgan sigirdan olingan saryog’ yurak, arteriya, tish va suyak salomatligi uchun juda foydalidir.
  • Hayvon yog’lari, qo’y yog’i (dumba). Yashillik bilan boqiladigan (don-dun bilan yoki notabiiy yemishlar bilan boqilmaydigan) hayvon yog’larini tanlang.

2. Tuxum.

Tuxum bu ideal ozuqalardan biridir. Tuxum yurak kasalliklarini keltirib chiqarmaydi. Tuxumni yurak kasalliklarining sababchilaridan biri deb hisoblash asossizdir. Aslida bu tabiiy mahsulot yurak kasalliklarini keltirib chiqarishi fan tomonidan hech qachon isbotlanmagan ham.

Tuxumda juda ham ko’p foydali moddalar mavjud. Tuxum A,D, B6, B9 (folat), E, B12, C vitaminlariga, yuqori sifatli oqsilga, magniyga, selenga va kaliyga boy. Selen moddasi yurak salomatligi uchun nihoyatda muhimdir.

Tuxum yeyishning me’yori qancha? Tuxumni qancha yegingiz kelsa, shuncha yeyishingiz mumkin. Doim tuxum oqi va tuxum sarig’ini birga iste’mol qilishga harakat qiling. Tuxum tanlashda ham e’tiborli bo’ling. Uy tovug’i tuxumidan foydalaning. Tovuqlar doim kataklarda saqlansa, ular qo’yadigan tuxumning sifati yaxshi bo’lmaydi. Sifatli va eng foydali tuxumning sarig’i sariq emas, olov rangda bo’ladi.

Ba’zilar tuxumni yaxshi hazm qila olmaydi. Buning sababi, tuxumning uzoq pishirilishidir. Tuxumni iloji boricha xom holatda yeyish tavsiya qilinadi. Pishirilganda esa, qattiq qilib emas, yumshoq va sarig’ini suyuq qilib pishirish tavsiya qilinadi. Juda qattiq pishirilgan yoki uzoq qaynatilgan tuxumning hazmi qiyin bo’ladi.

Xom tuxum yeyish oqibatida salmonelyozga duchor bo’lish ehtimoli 0.00003% ni tashkil qiladi. Salmonella havfidan ozod bo’lish uchun darz ketgan tuxumni, tuxum oqi juda suyuq bo’lgan tuxumni, hidi g’alati bo’lgan tuxumni va mazasi boshqacha (yoqimsiz) tuxumni iste’mol qilmang. Uy tovug’i tuxumidan foydalaning.

3. Omega-3

Omega-3 ga boy baliq jigari yog’i yoki og’ir metallardan tozalangan baliq yog’i iste’mol qiling.

4. Dolchin.

Dolchin quyuqlashgan qonni tabiiy ravishda suyultiradi.

5. Magniy (mineral).

Organizmda Magniy minerali yetarli bo’lishi umumiy yurak salomatligi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Organizmda doimiy Magniy tanqisligi mavjud bo’lsa, yurak ham kasallanadi. Hozirgi paytda juda ko’pchilikda Magniy tanqisligi mavjud. Buning sabablari bir nechta: qayta ishlangan va ozuqaviy qiymati past bo’lgan mahsulotlarni doim iste’mol qilish, doimiy stress, shakar iste’molining yuqoriligi.

Organizmda Magniy miqdori juda ham kamayib ketsa inson infarktni boshidan kechirishi mumkin. Stress paytida Magniy miqdori juda kamayib ketadi. Shu sababdan bo’lsa kerakki, aynan kuchli stress payti infarktga yo’liqish ehtimoli ham juda yuqori.

Magniy nafaqat yurak uchun, balki butun organizm uchun juda muhim mineral hisoblanadi. Organizmda Magniy yetarli bo’lmasa, Kaltsiy ham o’z vazifasini bajara olmaydi.

Magniyga boy mahsulotlar: qovoq urug’i, kungaboqar urug’i, avokadi, yashil bargli sabzavotlar (yashil karam va hokazo).

6. Seldir

Seldir (selderey) va uning urug’lari yurak va butun organizm salomatligi uchun nohoyatda foydalidir.

Seldir vitamin, mineral va amino kislotalarga nihoyatda boy.

 7. Jismoniy tarbiya.

Muntazam tarzda jismoniy tarbiya (yurish, yugurish, suzish, sakrash, va b.) bilan shug’ullanib turish nafaqat yurak, balki miya uchun ham nihoyatda foydalidir. Unutmang, yurak ham bir muskul turidir. Muskullar salomatligi va holati uchun esa jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta.

 INSULTNING OLDINI OLISH CHORALARI

Jahon tan olgan doktor, yog’lar va diyetalar bo’yicha ekspert Mary Enigning xulosalaridan parcha: “Yurak kasalliklarining sababi hayvon yog’lari va xolesterin emas. Yurak kasalliklarining asosiy sabablari o’simlik yog’larining hamda gidrogenlashtirilgan yog’larning, rafinadlangan uglevodlarning (shakar va oq unning) haddan ortiq ko’p iste’mol qilinishidir. Yurak kasalliklariga yana minerallar tanqisligi, ayniqsa magniy va yod tanqisligi; vitaminlar tanqisligi, ayniqsa vitamin C tanqisligi; antioksidantlar tanqisligi, ayniqsa selen va Vitamin E tanqisligi; eng muhimi, antimikrobik hususiyatga ega bo’lgan hayvon yog’lari va tropik yog’larning iste’mol qilinmasligi sababchilardir. Yurak salomatligini tiklash uchun xolesterinni kamaytirish emas, balki vitamin B6 va B6ga boy ozuqalarni iste’mol qilish, vitamin va minerallar tanqisligining oldini olish, antimikrobik hususiyatli yog’larni (masalan, isitilmagan saryog’, kokos yog’i) iste’mol qilish, oq un iste’molini keskin cheklash, shakardan voz kechish, rafinadlangan o’simlik yog’lari va qizdirilganda tarkibi yomon tomonga o’zgaradigan o’simlik yog’laridan voz kechish kerak.”

Insult va infarktning oldini olish choralari:

  1. Tabiiy to’yingan yog’larga boy mahsulotlar iste’mol qilib turish: kokos yog’i, saryog’, qo’y yog’i (dumba), baliq jigari yog’i,  qaymoq, yong’oqlar, tabiiy(!) pishloq.
  2. Tabiiy (og’ir ishlov berilmagan) ozuqalar iste’mol qilish: yashil va sariq sabzavotlar, mavsumiy mevalar, butun dondan tayyorlangan ozuqalar.
  3. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanish.
  4. Folatga boy ozuqalarni doim iste’mol qilish. Kuniga kamida 300 mcg folatga boy ozuqalar iste’mol qiluvchi shaxslar kuniga 136 mcg folat iste’mol qiluvchi shaxslarga qaraganda 20% kamroq insultga duchor bo’lishgan va yurak kasalliklari bilan 13% ga kamroq kasallanishgan. Folatga boy ozuqalar: bargli yashil sabzavotlar,  tsitrus mevalar, tovuq jigari, mol jigari, asalari changi – bee pollen. Folat tanqisligi mavjud insonlar terisi kul rang-jigarrang tusga kirishi, anemiya, yurak kasalliklari, depressiya, doimiy charchash va dementiya kabilarga olib kelishi mumkin.
  5. Magniyga boy ozuqalar iste’mol qilish. Hozirgi kunda ko’pchilikda magniy tanqisligi mavjud. Magniy qon aylanishida muhim vazifani bajaradi, miyani toksik himikatlardan muhovaza qiladi, insonni sokinlashtiradi (stresslarni kamaytiradi). Magniy tanqisligi esa juda jiddiy asoratlarga olib keladi. Magniy tanqisligi insult, Altsgeymer kasalligi, Parkinson hastaligi, tutqanoq, doimiy migren (bosh og’riq) kabi noxush holatlarga olib kelishi mumkin.  Organizmni Magniy bilan boyitishning yana bir usuli teriga Magniy yog’ini doim sepishdir. Magniy yog’i juda bezarar bo’lib, teri orqali qonga o’tadi va organizmni magniy bilan boyitadi. Magniy yog’ini bolalarga ham kattalarga ham ishlatsa bo’ladi.
  6. Omega-3 ga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qiling. Omega-3, tabiiy vitamin A , D, K2larga boy eng sifatli mahsulotlardan biri bu “Green Pastures” fermentlangan baliq jigari yog’idir.
  7. Oyiga 1 marta baliq yeb turish insult ehtimolini 40%ga kamaytiradi. Muammo shundaki, hozirgi kunda ko’p baliqlarda simob (zararli og’ri metall) miqdori nihoyatda yuqori. Shu sababli, baliq tanlashda ehtiyot bo’ling. Baliq yog’larini ham ehtiyotkorlik bilan tanlang.

Maqola manbasi: Robert Bernardini “Everlasting Health”

Rasm manbasi: http://tobyamidornutrition.com

Manba(lar):
Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

One Comment:

  1. Жуда фойдали маьлумот! Котта рахмат!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *