XURMOLI SOG’LOM PIROG (SHAKARSIZ, OQ UNSIZ)

Share

 xurmoli pirog

Shirin pishiriqlarni shakarsiz pishirsa bo’ladimi? Albatta bo’ladi. Quyidagi pirog ichida shakar ham, oq un ham yo’q. Bu pirog xurmo hisobiga shirin mazaga ega, juda to’yimli, kuch-quvvat beradi, oqsilga boy.

Xurmoli pirog uchun ishlatiladigan ba’zi massaliqlarga izoh

Suli uni. Suli unini oldindan ivitilib, quritilgan sulidan qilgan ma’qul. Sababi, barcha donlar oldindan ivitilib, keyin issiqlik bilan ishlov berilishi muhim. Shunday qilinsa bu un yoki donli mahsulot mikro-elementlarga boy bo’ladi va tishlarni buzmaydi. Sulidan un qilish uchun mahsus kichik un qiluvchi (tegirmonli) oshxona uskunasidan foydalansa bo’ladi. Buning iloji bo’lmasa, marjumak (grechka uni)dan foydalansa ham bo’ladi. Marjumakdan un qilish uchun kofe maydalagichdan, mahsus un qiluvchi uskunadan foydalansa bo’ladi. Blenderda ham qilish mumkin, lekin bu blender kuchiga bog’liq.

Xurmo. Blender yoki oshxona kombayni xurmoni maydalab boshqa massaliqlar bilan qorishishga yordam beradi. Bu retseptda katta hajmdagi arab xurmosi ishlatiladi.

Bodom uni. Butun bodomdan bodom uni tayyorlash uchun kofe maydalagichdan foydalansa bo’ladi. Bodom uni ham oldindan 12- 24 soat tuzli suvda ivitilib, so’ngra 60 C dan past haroratda quritilgan bodomdan tayyorlansa oson o’zlashadi va tishlarni buzmaydi.

Vanilin. Haqiqiy vanilin rangi to’q jigarrangdir. Oq vanilin upasi bu sintetik maza beruvchi hiosblanadi. Oq vanilin upasini ishlatish aslo tavsiya qilinmaydi. Retseptda vanilin ishlatish shart emas, ishlatilsa tabiiy Vanilin upasi ishlatilgani ma’qul.

Xurmoli Pirog

Massaliqlar: 

  • 6ta katta arab Xurmosi
  • 2ta katta Tuxum
  • 1 stakan Suli uni yoki Marjumak uni
  • 1/2 choy qoshiq tabiiy Vanilin upasi (shart emas)
  • 1/2 stakan un qilingan Bodom
  • 1 choy qoshiq osh Sodasi va 1 choy qoshiq olma sirkasi
  • 1 choy qoshiq Dolchin upasi
  • 1/2 choy qoshiq Tuz
  • 300 gr muzlatilgan danaksiz gilos, golubika yoki smorodina. (shart emas)

Ustiga (shart emas):

  • 1/2 stakan maydalangan Yong’oq
  • 3 ta katta Xurmo
  • 1/4 stakan Suv
  • 1/2 stakan Bodom uni
  • 1 choy qoshiq Dolchin upasi

Tayyorlanishi:

  1. Dimxona (duhovka)ni 180C haroratga to’g’rilab, yoqamiz. Xamir tayyor bo’lguncha qizib turishi kerak.
  2. Blenderga yoki oshxona kombayniga 6 ta xurmo, sut, tuxum, 1 ch.q.dolchin va tuz solib aralashtiramiz.
  3. Blender idishini bo’shatib, ichidagi massaliqni boshqa idishga joylang. So’ngra massaga 1/2 stakan bodom unini solib, aralashtiring.
  4. Osh sodasi va olma sirkasi aralashmasini qo’shib aralashtiring.
  5. Suli unini solib aralashtiring. So’ngra muzlatilgan mevalarni solib ohista aralashtiring (solsangiz).
  6. Tahminan 22-23 cm kattalikdagi pirog qolipini yog’lab yoki pergament qog’ozi to’shab, ichiga tayyor bo’lgan xamirimizni quyamiz.
  7. Pirog ustki qatlamini tayyorlash uchun 3ta xurmo va 1/4 stakan suv blenderda pyure holiga keltiriladi. So’ng blenderdan olinib, 1 ch.q. dolchin, 1/2 stakan bodom uni va maydalangan yong’oq solinib aralashtiriladi.
  8. Ustki qatlam qolipga quyilgan xamir ustiga bir tekis joylab chiqiladi.
  9. Qizigan dimxonada 40 daqiqa pishiramiz. Pirog o’rtasiga sanchilgan pichoq quruq chiqsa, pirog tayyor. Agar qolib kattaligi bu yerda ko’rsatilgandan katta yoki kichik bo’lsa, pishish vaqti ham shunga qarab har hil bo’ladi. Har 20 daqiqa dimxonadan chiqarib pichoq yoki yog’och tayoqcha tiqib pishgan-pishmaganligini tekshirib turing.
  10. Tayyor pirog sovugach, istasangiz ustiga qaymoqli yoki smetanali krem surting. Kremni biroz xom asal bilan shirinlashtirsangiz bo’ladi.
  11. Choy, sut yoki kofe bilan juda yaxshi ketadi.

xurmoli pirog shirinlik

[amd-zlrecipe-recipe:9]

Yoqimli ishtaha!

 

 

Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *