UY SHAROITIDA TABIIY MULTI VITAMIN TAYYORLASH

Share

MULTIVITAMINQuyida shifobaxsh giyohlardan multi-vitamin tayyorlash retseptidan bahramand bo’lasiz.

Nima uchun aynan giyohlar? Sintetik vitaminlar organizm tomonidan o’zlashishi oson emas, noto’g’ri miqdorda va noto’g’ri ko’rinishi iste’mol qilinsa zarar ham qilishi mumkin. Tabiiy giyohlar esa oson o’zlashadi. Giyohlarning har biri o’ziga hos bo’lib, turli vitaminlarni o’zida jamlaydi. Albatta, giyohlarni ham tanlab iste’mol qilish kerak. Ba’zi giyohlar iste’mol uchun to’g’ri kelmaydi, ba’zilari esa bolalar, homiladorlar, emizikli onalarga tavsiya qilinmaydi.

Quyidagi aralashma bolalar uchun mo’ljallangan, ammo undan kattalar ham foydalansa bo’ladi. Bu aralashmaning mazasi yoqimli va bolalarga yoqadi.

Multi-vitamin giyohlar kategoriyalari:

Asosiy giyohlar:

  • Lyutserna o’ti (alfalfa, люцерна): 8ta muhim aminokislotalar, xlorofill, temir, kaltsiy, magniy, fosfor, oltingugurt, natriy, kaliy va boshqa mikro elementlarga boy. Lyutserna ko’rinishidan bedaga (клевер, clover) o’xshab ketadi, ammo ular boshqa boshqa giyohlardir.
  • Malina barglari (red raspberry leaves, листья малины): Vitamin B, kaltsiy, temirga boy.
  • Qichitqi o’ti (nettle, крапива): temir, kaltsiy, xromga boy.
  • Na’matak mevalari (rosehips, шиповник): Vitamin C manbai.

Ikkilamchi giyohlar:

  • Suli somoni (oatstraw, овсяная солома): silika, kaltsiy, xromga boy. Asab tizimi uchun juda foydali.
  • Momaqaymoq ildizi (dandelion root, корни одуванчика): natriy, temirga boy. Jigar uchun foydali.

Maza uchun qo’shiladigan giyohlar:

  • Yalpiz barglari (peppermint, мята): kaliy, fosfor manbai. Yalpiz emizikli onalarga tavsiya qilinmaydi (laktatsiyani kamaytirishi mumkin). Yalpiz qo’shimcha maza uchun qo’shiladi, ammo yalpizsiz ham quyidagi aralashma yoqimli mazaga ega.
  • Stevia barglari (stevia): shirin maza beradi. Aralashmaga qo’shish shart emas.

Sezganingizdek, bu aralashmada A, D, E, K vitaminlari yo’q. Bunga sabab shuki, bu vitaminlar yog’da eruvchi vitaminlar hisoblanadi va yog’siz o’zlashmaydi. A, D, E, K vitaminlarini boshqa ozuqalar yordamida olganingiz ma’qul: foydali yog’lar (E), fermentlangan mahsulotlar (K), sabzi suvi va biroz sifatli yog’ aralashmasi (A), quyosh (D) va boshqalar.

Giyohlar bilan tanishib chiqdik. Endi navbat retseptga. Retseptda quritilgan giyohlar ishlatiladi.

[amd-zlrecipe-recipe:1]

Ma’lumotlar giyohlar bo’yicha mutahassis Meagan Visser blogidan olindi.

Facebooktwittergoogle_plusredditpinterestlinkedinmail

Leave a Reply

avatar
  Subscribe  
Notify of