KARIYESNI TO’HTATUVCHI va TISHLARNI MUSTAHKAMLOVCHI TISH YUVISH UPASINI TAYYORLASH

Share

ac8123f667082c2bf86d80aaf0af376fUshbu aralashma tish, milk va umumiy og’iz bo’shlig’i sog’lig’i uchun nihoyatda foydali. Asosiysi, unda zararli kimyoviy moddalar yo’q. Tish pastalari tarkibi haqida batafsil: ISHLATAYOTGAN TISH PASTANGIZ HAVFSIZMI?

Ushbu tish yuvish kukuni tarkibidagi moddalarga qisqacha izoh berib, keyin retseptga o’tamiz.

Bentonit loyi minerallarga boy loy turi hisoblanib, tish pastasida ishlatilganida tishlarni mustahkamlaydi va og’izdan toksinlarni o’ziga tortib oladi. Shuni esda tutish kerakki, bentonit loyi bilan ishlanganda po’latdan boshqa hech qanday metal idish yoki uskuna ishlatilmasligi kerak. Shisha, po’lat, chinni, silikon idish va uskunalar ishlatilsa bo’ladi.

Kaltsiy upasi tishlarni mustahkamlaydi. Kaltsiy (kaltsiy karbonat yoki boshqa) tabletkasi kofe maydalagichda upa holiga keltirilib ushbu pasta tarkibida ishlatilsa ham bo’ladi.

Osh sodasi kariyesning oldini olishda va tishlarni oqartirishda yordam beradi, shuningdek og’izdagi pH holatini normada ushlab turadi.

Yalpiz qo’shilganida tish pastasi yalpizli mazaga ega bo’ladi. Yalpiz upasini tayyorlash uchun yalpizning quritilgan barglarini kofe maydalagichda yoki havonchada upa holiga keltirsangiz bo’ladi.

Dolchin tishlarni mustahkamlaydi, kariyesning oldini oladi, tish toshlari paydo bo’lishining oldini oladi.

Qalampirmunchoq antibakterial, zamburug’larga qarshi, antiseptik, mikroblarga qarshi hususiyatlarga ega. Qalampirmunchoq va uning yog’i tish va milk sog’lig’ini ta’minlashda keng qo’llaniladi. U tish og’rig’i, og’izdagi yaralar, og’izdan noxush hid kelishi va boshqa ko’plab tish muammolarida juda samarali vosita hisoblanadi.

Xylitol tishlarni mustahkamlashda yordam beruvchi shirinlashtiruvchi modda hisoblanadi. Solish shart emas.

Efir yog’lari tish pastasiga yoqimli maza va hid berib, tish pastasining shifobaxsh hususiyatlarini oshiradi. Efir yog’lari o’rniga tabiiy giyohlarning quritilib upa holiga keltirilgani ishlatilsa bo’ladi.

 

Kariyesni to’htatuvchi va Tishlarni mustahkamlovchi Tish Yuvish Upasi

Massaliqlar:

Tayyorlanishi:

  1. Barcha massaliqlar aralashtirilib, yopiq shisha idishda saqlanadi.
  2. Massaliq tarkibida suyuqlik bo’lmagani va aralashma tarkibi tabiiy holda antibakterial bo’lgani tufayli, juda uzoq saqlanishi mumkin.

 

 

Facebooktwitterredditpinterestlinkedinmail

2 Comments:

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *